Germaniyadagi qurgoqchilik hukumatni strategik neft zaxiralarini ochishga majbur qildi

Germaniya hukumati mamlakatning bir qator federal yerlarini neft mahsulotlari bilan taminlash maqsadida strategik neft zaxiralarini ochishga qaror qildi. Bunga yozning nisbatan qurgoqchil kelgani, buning oqibatida Germaniyaning asosiy daryosi Reyndagi suv sathi keskin pasayib ketgani sabab boldi, deya xabar bermoqda Kommersant. Foto: Deutsche WelleBu yil tankerlar va neft quyish kemalari daryoga kirish uchun yo yoqilgi yukini kamaytirishi kerak, yoqsa umuman daryo boylab suza olmaydi. Qayd etishlaricha, Germaniyaning neft xomashyosi va neft mahsulotlari strategik zaxirasi bundan 40 yil avval tashkil etilgan bolib, otgan vaqt davmida faqat uch marta ochilgan.Mamlakatning strategik zaxirasida 24 million tonna neft xomashyosi va neft mahsulotlari mavjud. Ushbu zaxira avtomobil va havo transporti faoliyatini 90 kun davomida uzluksiz taminlab turish uchun zarur. Undan, shuningdek, kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishda xomashyo sifatida ham foydalaniladi.Germaniya iqtisodiy vazirligidan malum qilishlaricha, ushbu chora preventiv bolib, faqat bir necha federal yerni qamrab oladi, xolos. Vazirlik malumotlariga kora, bunda keng miqyosli inqiroz haqida soz borayotgani yoq.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0