Saudiya Arabistoni jurnalist Jamol Qoshiqchini o‘ldirishda gumon qilinayotganlarni boshqa davlatlarga topshirmaydi

Saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchini o‘ldirishda gumon qilinayotganlar Saudiya Arabistonining o‘zida sud qilinadi. Mamlakat hukumati ularni xorijiy davlatlarga topshirmoqchi emas. Bu haqda Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr ma’lum qildi. Foto: Reuters“Ekstraditsiya masalasiga kelsak, bu shaxslar Saudiya Arabistoni fuqarolari hisoblanadi. Ular Saudiya Arabistonida qo‘lga olindi va tergov ham Saudiya Arabistonida olib borilmoqda. Ularni Saudiya Arabistonining o‘zida sud qilishadi”, — dedi al-Jubayr.Saudiya TIV rahbarining va’da berishicha, Ar-Riyod haqiqatni yuzaga chiqaradi, aybdorlar esa jazosini oladi. Eslatib o‘tamiz, jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘limiga aloqadorlikda gumon qilib, Saudiya Arabistoni rasmiylari 18 kishini qo‘lga olgan.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0