Ozbekiston harbiy kadrlarni tayyorlash masalasida Xitoy bilan hamkorlikni kuchaytiradi

2226-oktabr kunlari Ozbekiston mudofaa vazirining orinbosari polkovnik Azizbek Ikromov boshchiligidagi harbiy delegatsiyasi Xitoyda rasmiy tashrif bilan boldi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati Daryoga malum qildi. Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiTashrif davomida Azizbek Ikromov Xitoy Milliy mudofaa universiteti rahbariyati bilan uchrashib, ikki mamlakat oliy harbiy talim muassasalari ortasida hamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishib oldi. Mazkur hamkorlik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, shuningdek, ozaro tajriba almashish kabi masalalarda sezilarli darajada oldinga siljishni taminlab berishi kutilmoqda.Bundan tashqari ozbekistonlik harbiylar Pekin shahridagi Harbiy havo kuchlari akademiyasi hamda Milliy mudofaa institutida ham boldi. Xitoy oliy harbiy talim muassasalari boshliqlari bilan bolib otgan uchrashuvlarda ikki mamlakat tinglovchilarini masofadan turib oqitish va oliy harbiy talim muassasalar oqituvchilarining ikki davlatga tashrifi davomida seminar-trening mashgulotlarini olib borishi boyicha memorandum imzolashga kelishib olindi. Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiSonggi vaqtlarda Ozbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi bir qator xorij mamlakatlarining oliy harbiy talim dargohlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish boyicha sezilarli amaliy ishlarni olib bormoqda. Xususan, oktabr oyining ozida Germaniya hamda Pokiston davlatlarining oliy harbiy bilim yurtlarining professor-oqituvchilari Ozbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida bolib, hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bolgan maqsadli rejalarni belgilab olishgan edi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0