Qoqonda yashovchi fuqaro Tojikistonda sotib olingan qoradorini Bekobod orqali olib kelayotanida qolga tushdi

DXXning Fargona viloyati boshqarmasi tomonidan giyohvand moddalarning noqonuniy savdosining oldi olindi. Bu haqda OzA xabar bermoqda. Foto: OzAQoqon shahrida istiqomat qiluvchi M.O. Andarxon chegara posti orqali Tojikistonga otib, u yerda 4 ming dollar evaziga opiy (qoradori) giyohvand moddasini xarid qilgan va jinoiy sherigi, Qoqon shahrida yashovchi U.Q.ga telefon qilib, mazkur giyohvand moddani Qoqonga yetkazib berishni soragan.U.Q. giyohvand moddalarni Bekobod shahridan olib kelayotgan vaqtda Chagali qishlogi yaqinida DXX xodimlari tomonidan qolga olingan. U.Q.ning tanishi boshqaruvidagi mashinada 1 kilogramm 984 gramm opiy moddasi borligi aniqlangan hamda ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.Olib borilgan tezkor surishturuvlar davomida M.O. ham qolga olingan, deyiladi xabarda.Ushbu holat yuzasidan DXX Fargona viloyati boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 246- va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qozgatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0