Toshkentda 1-noyabrdan keyin ham haydovchilik guvohnomasini olib qoyishiga asos boladigan 14 ta holat saqlanib qoladi. Rulda telefonda gaplashish shulardan biri

Toshkent shahrida 1-noyabrdan yol harakati qoidalari buzilganligi uchun jarima solish billing tizimi tajriba tariqasida joriy qilinganligini yoritarkan, OAV YPX inspektorlari endi haydovchilik guvohnomalarini olib qoymaydi qabilidagi sarlavhalar bilan xabar tarqatgan edi.Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatidan malum qilishlaricha, billing tizimidan foydalanish davomida haqiqatan ham haydovchilik guvohnomalari olib qoyilmaydi, lekin Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksning 14 ta moddasida nazarda tutilgan qoidabuzarliklar bundan mustasno.IIBB matbuot xizmati 1-noyabrdan faqat Toshkent shahrida tajriba tariqasida yolga qoyilayotan billing tizimi ishga tushganidan keyin ham haydovchilik guvohnomasining YPX inspektori tomonidan olib qoyilishi uchun asos boladigan qoidabuzarliklar bilan bogliq kodeksning 14ta moddasi royxatini keltirdi: 125-1-modda. Yuk tashish qoidalarini, shatakka olish qoidalarini buzish (2-qism); 128-modda. Haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yolaklaridan yurgizishi, yol belgilari va yol harakatining boshqa qoidalari talablariga rioya etmasligi (4-qism); 128-1-modda. Transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi (2-qism) 128-2-modda. Transport vositasini boshqarish paytida monitordan (displeydan) tele-, videodasturlarni tomosha qilish uchun foydalanish va transport vositasiga ozboshimchalik bilan monitor (displey) ornatish (3-qism); 128-3-modda. Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini oshirib yuborishi (4-, 5-qismlar); 128-4-modda. Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yol harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga boysunmasdan otishi (3-qism); 128-5-modda. Transport vositalari haydovchilarining halaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirish, yolning qarama-qarshi harakatlanish uchun moljallangan tomoniga yoki bolagiga chiqishi (3-qism); 129-modda. Transport vositalari haydovchilarining yol harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi guruh bolib harakat qilishda qatnashishi (2-qism); 130-modda. Transport vositalari haydovchilarining temir yolning otish joylaridan otish qoidalarini buzishi (2-qism); 131-modda. Transport vositalarini mast holda boshqarish (1-, 3-qismlar); 133-modda. Transport vositalari haydovchilarining yol harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda zarar yetkazilishiga olib kelishi; 134-modda. Haydovchilarning yol harakati qoidalarini buzishi transport vositalarining yoki boshqa mol-mulkning shikastlanishiga olib kelishi; 136-modda. Transport vositalari haydovchilarining va yol harakati boshqa ishtirokchilarining mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruvdan otishdan boyin tovlashi (1-qism); 137-modda. Yol-transport hodisasi yuz bergan joydan ketib qolish.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0