AQShning Pittsburg shahridagi sinagogda otishma yuz berdi. Qurbonlar bor

AQShning Pittsburg shahridagi sinagog (yahudiylar ibodatxonasi)da otishma yuz berdi. Mahalliy KDKA telekanali xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida kamida yetti kishi halok bo‘lgan. Foto: “Daryo”Politsiya otishma oqibatida bir necha kishi halok bo‘lganini tasdiqladi. Qurbonlar va yaralanganlar soni bo‘yicha rasmiy axborot hozircha berilgani yo‘q.Xabar berishlaricha, hujum qilgan shaxs politsiya bilan otishma keltirib chiqargan, ikki politsiyachi yarador bo‘lgan.Shaharning Jamoat xavfsizligi departamenti sinagog atrofida otishma bo‘layotganini tasdiqladi. Shahar ma’muriyatini aholini uydan chiqmaslikka chaqirdi, deb yozadi Meduza.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0