Konimex tumani hokimligi tadbirkorga yetkazilgan 80 mln somlik zararni qoplab berdi

Navoiy viloyati Konimex tumanida yashovchi fuqaro Shamshod Farmonov 2018-yil 11-sentabr kuni oziga tegishli Azizbek Afzal xususiy korxonasi balansida bolgan avtotexxizmat va savdo dokoni binolari davlat ehtiyojlariga olib qoyilgani uchun tolanishi lozim bolgan 80 million som zarar hokimiyat tomonidan tolab berilmayotganidan norozi bolib, Konimex tumani adliya bolimiga murojaat qilgan. Foto: OzABolim tomonidan murojaatni organish davomida tuman hokimi 2018-yil 10-fevral kuni Navroz mahalla fuqarolar yigini Ajiniyaz kochasida joylashgan Shamshod Farmonovga tegishli Avtomobillarga texnik xizmat korsatish binosining yer maydonini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olish togrisida qaror qabul qilgani aniqlangan.Mazkur qarordan kelib chiqib tuzilgan kelishuv dalolatnomasiga asosan, Shamshod Farmonovga tegishli davlat va jamoat ehtiyojlari uchun qaytarilgan 2100 kvadrat metr yer maydoniga ega bolgan bino va obyektlarni buzdirish va yetkazilgan 80 million som zararni mahalliy byudjetdan orttirilgan mablaglar hisobidan qoplab berish nazarda tutilgan.Biroq fuqaro adliya bolimiga murojaat qilguniga qadar kelishilgan summa tadbirkorga asossiz ravishda tolab berilmasdan kelinganligi aniqlangan. Bu bilan Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoyilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi togrisidagi Nizom talablari buzilgan.Bu kabi xato va kamchiliklarga yol quyilganligi sababli tuman hokimligiga adliya bolimi tomonidan taqdimnoma kiritilib, tadbirkorning buzilgan huquqi tiklandi. Natijada tadbirkorga 80 million som mablag undirib berildi, deyiladi OzA axborotida.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0