Obid Asomov: Biz tayyorlagan multfilmlar Bolajon telekanalining korinmas devorlaridan ota olmayapti

Ozbekiston Multipikatsion filmlar studiyasi direktori Obid Asomov 27-oktabr Xalqaro animatsiya kuni munosabati bilan tashkil etilgan Ozbek multfilmi: kecha va bugun mavzusidagi matbuot anjumanida OzMTRKning Bolajon telekanalini tanqid ostiga oldi. Bu haqda OzA xabar bermoqda. Foto: OzA10 daqiqalik multfilmning tayyorlanishi uchun davlat byudjetidan 400 million som sarflanadi, mutaxassislar esa 8 oy mashaqqat chekadi. Biz katta mablag evaziga ishlayotgan multfilmlar, menimcha, davlat kanalida namoyish etilishi kerak. Ammo...Hali-hanuz Bolajon telekanalidagi korinmas devorlarini buzib otolmayapmiz. Xat bilan qilgan murojaatlarimiz zoye ketmoqda. Aksincha, ular internetdan ogirlik qilib, 23 soatlik tayyor chet el multfilmlarini 56 kishi bilan ovozlashtirib, qopol aytganda, foyda kormoqda.Ularni ham tushunaman, sababi biz tayyorlagan multfilmlardan moddiy naf yoq. Birinchidan, vaqti kam 10 daqiqa. Ikkinchidan, tayyorlab beryapmiz, ular bundan pul ishlash imkoniga ega emas. Mana muammo qayerda qanchadan-qancha mablag behuda havoga sovurilmoqda. Eng muhimi, qariyb yarim milliard pul sarflanayotgan animatsion filmlar efirga uzatilishi kerak emasmi?Iloji bolsa, haftaning biror kunida shu kungacha yaratilgan ozbek multfilmlarining namoyishi uchun vaqt ajratsak. Bolalarimiz faqat xorij multfilmlarini tomosha qilaversa, tarbiyasiga salbiy tasir otkazishi bor gap. Yurtimizda ishlanib, jahon festivallarida yuqori orinlarni olib kelayotgan animatsion filmlar bor, ularni ham telekanallarimizda korsataylik.Bolalarimiz multfilmlarimizni bir marta korishni xohlamas, ikki marta xarxasha qilar, ammo... baribir qiziqadi, bola ruhiyati shunaqa, tez-tez ozgarib turadi. Farzandlarimizni ozimizda ishlangan milliy multfilmlar tomoshasiga orgatish vaqti keldi. Biz ham bu orada yanada zamonaviy, kichkintoy tomoshabinlarimizning qalbini bir lahzada zabt etuvchi multfilmlar tayyorlashga qurbimiz yetadi.Obid Asomov, Ozbekiston Multipikatsion filmlar studiyasi direktori

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0