SamAvto past polli SAZ LE 60 avtobuslarini Toshshahartransxizmatga yetkazib berishni boshladi

Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan past polli SAZ LE 60 rusumidagi shahar avtobuslarining dastlabki partiyasi 27-oktabr kuni Toshshahartransxizmat kompaniyasiga topshirildi. Bu haqda OzA xabar bermoqda. Foto: OzAShahar ichki yonalishlariga moljallangan ushbu avtobus polining pastligi hamda yolovchilarni olish va tushirishda shassining pasayishi, yani kniling tizimining mavjudligi, imkoniyati cheklangan yolovchilarga qoshimcha qulayliklar yaratilgani, konditsioner ornatilgani bilan ajralib turadi. Avtobusning umumiy yolovchi sigimi 56 kishini tashkil etib, 25 orindiq ornatilgan. Euro-4 ekologik standartiga javob beradigan Isuzu dvigateli ornatilgan. Foto: OzA2014-yildan beri ishlab chiqarilayotgan ushbu modeldagi avtobuslar ayni vaqtda Rossiya, Qozogiston, Gruziyaga buyurtma asosida yetkazib berilmoqda. Shuningdek, Toshkent va Samarqand shaharlarida ham sinovdan otkazilib, yonalishlarda foydalanish uchun xarid qilinmoqda. Korxonamiz bitta SAZ LE 60 xarid qilib, tort yil yonalishda sinab kordi. Foydalanish davrida avtobusning texnik imkoniyatlari va yolovchilar uchun qulayliklari atroflicha organilib, zarur takliflar berildi, modelni takomillashtirish choralari korildi. Sinov muvaffaqiyatli otgach, endi 10 ta yangi avtobus xarid qilyapmiz, dedi Toshkentdagi 3-avtobus saroyi xodimi G.Mirzayev. Foto: OzASamarqand avtomobil zavodi va Toshshahartransxizmat ortasidagi shartnomaga kora, zavod 2018-yilda 80 ta LE 60 avtobusini yetkazib berishi kerak. 2019-yilda esa yana 200 ta SAZ LE 60 avtobuslari Toshkent shahri jamoat transporti uchun yetkazib beriladi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0