Isroil harbiy aviatsiyasi falastinlik jangarilarning raketa uchirishlariga javoban G‘azodagi 80 marraga hujum qildi

Isroil harbiy-havo kuchlari G‘azo sektoridagi 80 ga yaqin marrani bombardimon qildi. “Kommersant”ning xabar berishicha, aviazarbalar uchun o‘nlab samolyotlar, vertolyotlar va dronlar jalb etilgan. Foto: Al JazeeraIsroil harbiylari bayonotiga ko‘ra, ushbu choralar falastinlik jangarilarining hujumlariga javoban ko‘rilgan. Isroil tomoni hujum qilgan obyektlar HAMAS harakatiga tegishli. Isroil armiyasining bayonotiga ko‘ra, tunda Isroil tomoni 30 ga yaqin raketa uchirishlariga aynan HAMAS javobgar.Isroil harbiylari ikkita qurol-yarog‘ ustaxonasiga, jangarilarning beshta qarorgohiga, mashg‘ulot lageriga, yerosti tunneliga kirish joyiga va kuzatuv postiga hujum qilgan.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0