Samarqandda qurbonini 32 marta pichoqlagan yigit o‘z jinoyatini do‘kon ichida boshlagan (video)

Samarqand shahrida 15-oktabr kuni 19 yoshli yigit o‘zidan 20 yosh katta erkakni pichoqlab o‘ldirgani haqida xabar berilgan edi. Kuni kecha gumonlanuvchi o‘z qurbonini Samarqand shahrining Amir Temur ko‘chasidagi “Erkin savdo” majmuasi oldida pichoqlayotgani aks etgan videoyozuv paydo bo‘lgandi.Dastlabki xabarlarda gumonlanuvchi T.A. o‘z qurboni Sh.R.ni avvaliga avtomobil ehtiyot qismlari savdo do‘koni ichida pichoqlagani, Sh.R. olgan tan jarohatlari bilan do‘kondan qochib chiqayotganida T.A. uni quvlab borib, “Erkin savdo” majmuasi ro‘parasida yana pichoqlagani aytilgan edi. 27-oktabr kuni do‘kon ichida yuz bergan holat videosi ham internetda paydo bo‘ldi.Ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchi T.A. fuqaro Sh.R.ning badaniga 32 marta pichoq urgan.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0