Barselona meriyasi Ispaniyada monarxiyani bekor qilishga chaqirdi

Barselona meriyasining 26-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida Ispaniyada monarxiyani bekor qilishga chorlovchi va qirol Felipe VI siyosati tanqid qilinuvchi rezolyutsiya qabul qilindi, deb xabar berdi “Korrespondet.net”. Foto: “Korrespondent.net”Ushbu rezolyutsiya 41 nafar kengash a’zolarining 29 nafari tomonidan ma’qullangan.Ovoz berish jarayonida Ispaniyaning hududiy yaxlitligi tarafdori bo‘lgan partiyalar vakillari ishtirok etmagan. Ular ushbu jarayonda zalni tark etgan.Hujjatda eskirgan va antidemokratik institut — monarxiyani bekor qilishga chorlov aks etgan.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0