Ozbekistonda kimyo sanoatini rivojlantirish uchun 10 mln AQSh dollari miqdorida kredit ajratiladi

Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 25-oktabrdagi Ozbekiston Respublikasida kimyo sanoatini rivojlantirish chora tadbirlari togrisidaga qarorida kimyo sanoatini rivojlantirishda va investitsiyalarni jalb qilishda muammolar borligi aytiladi, deb yozadi OzA. Foto: OzAShuningdek, mazkur qarorda kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida jahon kimyo sanoati rivojlanishining tendensiyalarini va respublikaning muhim xomashyo salohiyatini hisobga oluvchi fundamental ilmiy baza va zamonaviy loyiha-injiniring ishlanmalari mavjud emasligi takidlandi.Qarorga kora, Ozbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgarmasiga va qayta moliyalovchi tijorat banklariga kimyo sanoatida yangi investitsiyaviy loyihalarni tayyorlash maqsadida loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun Ozkimyosanoat aksiyadorlik jamiyati va uning tarkibiga kiruvchi xojalik jamiyatlariga kreditlar ajratishga ruxsat beriladi.Jamgarma tomonidan yangi investitsiya loyihalarini tayyorlash uchun kreditlar shartnomada belgilangan, biroq 5 million AQSh dollari ekvivalentidan kop bolmagan miqdorda ajratiladi. Xorijiy investorlar bilan hamkorlikda moliyalashtiriladigan yangi investitsiyaviy loyihalarni tayyorlash uchun ajratiladigan kredit miqdori 10 million AQSh dollari ekvivalentigacha kopaytirilishi mumkin.Ajratilgan kreditlar va ular boyicha barcha xarajatlar texnik-iqtisodiy asos tasdiqlanishi jarayonida loyihalar qiymatiga kiritiladi va ularning qaytarilishi loyihalar amalga oshirilganidan keyin, obyektlar ishga tushirilganidan song olingan daromadlar va loyiha hujjatlarini investorlarga sotishdan tushgan Jamgarma mablaglari hamda qarz oluvchining umumxojalik faoliyatidan olingan daromadlar yoki Ozkimyosanoat AJ mablaglari hisobidan amalga oshiriladi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0