Xorazmda tenderda qatnashish uchun “to‘lov”ga 57 ming dollar olgan shaxs ushlandi

Xorazm viloyatining Xonqa tumani IIBga joriy yil 25-oktabr kuni yirik summadagi firibgarlik holati yuzasidan murojaat kelib tushdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi. Foto: IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiUnga ko‘ra, Qirqyop qishlog‘ida yashovchi Sh.B. shu yil 8—13-iyul kunlari oralig‘ida Qo‘shko‘pir tumanida yashovchi Sh.Yu. rahbarligidagi korxonani o‘tkazilgan tenderda qatnashishi uchun yordam berishligi va buning uchun bankka pul to‘lash kerakligini aytadi.Aldov yo‘li bilan undan 57 500 AQSh dollarini olib, shu kungacha bergan va’dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyoji yo‘lida ishlatib yuboradi.Sh.B. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0