Ozbekistonda kimyo korxonalaridagi davlat ulushi investorlarga sotiladi

Samarqandkimyo, Elektrkimyozavod va Jizzax plastmassaning ustav kapitalidagi davlat ulushi investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan, xususiy investorlarga bozor qiymatida sotiladi. Bu haqda Ozbekiston Prezidenti 25-oktabrda imzolagan kimyo sanoatini jadal rivojlantirish togrisidagi qarorida soz boradi, deb yozadi Gazeta.uz. Foto: Azot.uzMazkur hujjat bilan Koreya kimyo- texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti (KRICT) bilan hamkorlikda Toshkent kimyo texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti MChJ va Ozkimyosanoatloyiha AJ negizida Ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti Kimyo texnologiyalari markazini tashkil etishga rozilik berildi.EDCF (Koreya Respublikasi) liniyasi boyicha Eksimbankning 50 million AQShdollari miqdoridagi kredit va grant mablaglarini jalb etish rejalashtirilmoqda.Ozkimyosanoat AJ faoliyatida ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va modernizatsiya qilish, bazaviy mahsulotlarni qayta ishlashni yanada chuqurlashtirish, mavjud aktivlardan oqilona foydalanish va boshqarishning zamonaviy usullarini joriy qilishning asosiy yonalishlarini amalga oshirish boyicha Yol xaritasi tasdiqlandi.U 2018?2030-yillarda kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishni 4,5 barobarga, shu jumladan, mineral ogitlarni 2 barobarga (1,2 mln tonnadan 2,4 mln tonnagacha), mahsulotlar eksportini 4 barobarga oshirish, shuningdek, organik kimyo mahsulotlari ulushini 7 foizdan 54 foizgacha yetkazish orqali tarmoqni diversifikatsiya qilishni nazarda tutadi.Buning uchun 2018?2020-yillarda Ammofos-Maksam zavodida mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish hisobiga fosforli ogitlar ishlab chiqarish hajmini 20 ming tonnaga oshirish rejalashtirilmoqda.Navoiyazot"da yiliga 100 ming tonna polivinilxlorid, 75 ming tonna kaustik soda, 300 ming tonna metanol, 500 ming tonna azot kislotasi, 660 ming tonna ammiak va 577,5 ming tonna karbamid ishlab chiqariladi.Fargonaazot korxonasida togridan-togri xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda yiliga 7,8 mln dona zamonaviy polimer oboylar ishlab chiqarishni yolga qoyish kutilmoqda.Mavjud ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va kengaytirish hamda yangi qayta ishlash quvvatlarini yaratishga qaratilgan, dastlabki hisob-kitoblarga kora 4,8 milliard AQShdollariga teng 29 ta investitsiyaviy loyihalar asosan togridan-togri xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda amalga oshiriladi.Hujjatda respublika kimyo tarmogini yanada rivojlantirish va diversifikatsiya qilishning asosiy yonalishlari etib quyidagilar belgilandi: uglevodorod xomashyosini va mineral resurslarni chuqur qayta ishlash asosida iqtisodiyot tarmoqlarida va jahon bozorida talab katta bolgan, yuqori qoshilgan qiymatli kimyo mahsulotlari nomenklaturasini kengaytirish; respublikaning mineral ogitlarga bolgan talabini qondirish va eksport salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish va faoliyat yuritayotganlarini modernizatsiya qilish; kimyo sanoati korxonalarining ustav kapitalida davlat ishtirokini qisqartirish, tarmoqqa togridan-togri investitsiyalarni jalb qilish, tarmoq korxonalari va tadbirkorlik subyektlari ortasida kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish orqali bazaviy mahsulotlarni qayta ishlashni chuqurlashtirish; fanni va sohaviy ilmiy tadqiqotlarni faol rivojlantirish, shuningdek, birinchi navbatda, uglevodorod xomashyosi va mineral resurslarni chuqur qayta ishlashga qaratilgan ilgor ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga integratsiya qilish; loyiha-injiniring ishlari va diagnostika tadqiqotlari sifatini oshirish, kimyo va kimyo texnologiyalarining barcha yonalishlari boyicha kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning samarali tizimini tashkil etish. Hujjatda qayd etilishicha, kimyo tarmogini yanada rivojlantirish va diversifikatsiya qilish, kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishning mavjud quvvatlarini modernizatsiya qilish va yangilarini qurish uchun investitsiyalarni jalb qilish hamda eksport hajmini kengaytirishga tosqinlik qilayotgan tizimli muammolar saqlanib qolmoqda.Bundan tashqari, kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida jahon kimyo sanoati rivojlanishining tendensiyalarini va respublikaning muhim xomashyo salohiyatini hisobga oluvchi fundamental ilmiy baza va zamonaviy loyiha-injiniring ishlanmalari mavjud emas.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0