Toshkent kimyo-texnologiya instituti Xitoy universiteti bilan hamkorlik qiladi

Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Xitoyning Shandung Szyanchju universiteti ortasida ozaro hamkorlik yolga qoyildi. Bu haqda OzAxabar berdi. Foto: Darakchi.uz26-oktabr sanasida Shandung Szyanchju universiteti professor-oqituvchilari Toshkent kimyo-texnologiya institutida bolib, seminar-trening otkazdi. Ikki universitet professor-oqituvchilari ozaro fikr almashdi. Xitoylik mehmonlar Institutda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Seminarda dostona hamkorlikni yaratish, xorijiy oliy oquv yurtlari ortasida hamkorlikni kuchaytirish, oqituvchilar, tadqiqotchilar talabalar almashinuvi jarayonini jadallashtirish taklifi berildi.Shuningdek, xitoylik mutaxassislar ozbekistonliklarning mazkur universitetda tadqiqotlar olib borishi, oqishi uchun uy-joy, oquv va ilmiy-tadqiqot vositalari, jihozlar va kutubxona resurslari bilan taminlashi mumkinligini aytdi.Ikki oliy talim muassasasi talabalari almashinuvi jarayonida ushbu universitet vakillari yurtimiz yoshlariga elektrotexnika va elektronika, arxitektura, qurilish muhandisligi, qurilishni boshqarish, buxgalterlik, marketing, xalqaro biznes kabi sohalarni ingliz tilida oqitishni taklif qildi. Universitetlar ortasida yangi qoshma dasturlar ornatish yuzasidan kelishildi. Qoshma dasturlar uchun yangi oquv dasturlari yaratilishiga oid takliflar berildi. Bunday dasturlar asosida bitiruvchilarga ikki diplom beriladi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0