Sirdaryolik tadbirkor Mirzacholda 50 dan oshiq Afrika tuyaqushini parvarishlashga kirishdi

Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida yosh tadbirkor Doniyor Toshpolatov Afrika tuyaqushlarini parvarishlamoqda. Bu haqda OzA xabar berdi. Foto: OzATashkil etilganiga endi yarim yil bolgan Bahodir ogli Doniyor masuliyati cheklangan jamiyati Afrika tuyaqushini kopaytirish va tikuvchilik yonalishida faoliyat yuritadi. Uydagilar bilan maslahatlashib, dastlab tikuv sexi ochmoqchi boldik. Internetdan zamonaviy tikuv sexlari loyihasini izlash jarayonida Fargona vodiysida tuyaqush boqilayotgani togrisidagi xabar etiborimni tortdi, deydi mazkur MChJ rahbari Doniyor Toshpolatov. Shundan song bu borada ham malumot toplay boshladim. Bitta tuyaqush bir yilda 100 tagacha tuxum berar ekan. Katta tuyaqush 160-180 kilogacha gosht qiladi. Goshti shifobaxsh va parhezbopligi sabab, narxi ham arzon emas. Bir dona tuyaqush tuxumi 100 dollargacha, polaponi esa 200 dollargacha baholanar ekan. Shunday qilib, biznes-rejamizga ozgartirish kiritdik. Bankdan 125 million som kredit oldik. Dastlab 9 tuyaqush olib keldik. Bosqichma-bosqich ular soni 50 dan oshdi.Yosh tadbirkorning takidlashicha, tuman hokimligi mutasaddilari tuyaqush yemishi uchun ekin ekishga yer sorab qilgan murojaatini etiborsiz qoldirgan. Bugun tadbirkor tuyaqushlarini parvarishlash uchun vodiydan arpa, bugdoy va makkajoxorining yanchilgan doni aralashmasidan tayyorlangan maxsus yemishning har kilosini 5 ming somdan sotib olmoqda. 1 yashar bitta tuyaqushga kuniga 3-4 kilogacha yemish zarurligi hisobga olinsa, chiqim kopayib boraverishi turgan gap. Qolaversa, bankdan olingan kreditni ham qaytarish kerak. Noiloj, mablag zarurligidan 8 tuyaqushni sotishga majbur boldim, deydi Doniyor Toshpolatov. Yer ajratish masalasi 5-6 oydan buyon chozilmoqda, tuman hokimiga vaziyatni tushuntirib, murojaat jonatdim. Hokim menga telefon qilib, 20 gektar ekin uchun hozircha 1 gektar yaylov ajratib berishini aytdi. Ajratib beriladigan yerga zudlik bilan arpa, bugdoy, goja, makkajoxori, beda ekishga kirishaman. Xudo xohlasa, bu yogiga ish yurishib ketishiga umid qilaman.Yolga qoyilgan ushbu tadbirkorlik tufayli ishsiz oila azolari, 3 nafar mahalla yoshlari ishli boldi. Kiyim-kechak tikishga moljallangan 2 qavatli tikuv sexi qurilishi yakunlanmoqda. Sex ishga tushirilsa, yana 4 nafar xotin-qizning bandligi taminlanadi.Yosh tadbirkor kelgusida tuyaqush yemishini yetishtirish, toyimli qorishmani ham shu yerda tayyorlash uchun uskuna xarid qilishni rejalashtirgan. Oshanda parvarish ancha arzonga tushadi. Shuningdek, kelasi yili inkubator tashkil etib, tuyaqush tuxumlarini ochirish tajribasini ham qollab kormoqchi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0