Buyuk Britaniyada ayollarga qurolli kuchlarning barcha sohalarida xizmat qilishga ruxsat berildi

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Gevin Uilyamson endilikda ayollar mamlakat qurolli kuchlaridagi barcha vazifalarda xizmat qilishi mumkinligi haqida ma’lum qildi. Bu haqda hukumat sayti xabar berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Foto: EPAEndilikda ayollar uchun Buyuk Britaniyadagi barcha harbiy mutaxassisliklar eshiklari ochiq, shu jumladan, maxsus operativ kuchlar bo‘linmasi ham. Mudofaa vaziri so‘zlariga ko‘ra, ayollar yil oxirida tanlov o‘tkaziladigan Qirollik dengiz piyoda qo‘shinlariga qo‘shilish uchun ariza topshirishlari mumkin. Ta’lim jarayoni esa 2019-yil boshida Limpstounda joylashgan Royal Marines Commando o‘quv markazida boshlanadi.Vazir endilikda qurolli kuchlarga kadrlar qonun moddalari bilan emas, balki qobiliyat bilan tanlab olinishidan xursand ekanligini qayd etdi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0