Meksikada mashina ibodatchilar ustiga bostirib borishi oqibatida 32 kishi jarohatlandi

Kecha, 26-oktabr, juma kuni kechasi Meksikaning Mexiko shtatida mashina oshirilgan tezlikda ibodatchilar yig‘ilib turgan omma ustiga bostirib bordi. Natijada 32 kishi jarohatlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi. Foto: Google ImagesVoqea Chalko munitsipalitetida sodir bo‘lgan. Mahalliy cherkovga ibodat uchun otlangan shahslar ustiga mashina bostirib boradi. Hodisa sodir bo‘lgach, odamlar uni mashinadan olib chiqib, qattiq kaltaklashadi. Natijada u voqea joyida vafot etadi. Jarohat olganlar orasida 14 nafar yosh bola ham bor.Yana shunday hodisa mamlakatning Tlalmanalko munitsipalitetida ham sodir bo‘ldi. Politsiya mashinasi odamlar ustiga haydalishi oqibatida 6 kishi jarohatlandi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0