Buyuk Britaniyadagi ibodatxonadan Buyuk erkinlik xartiyasini ogirlab ketishga urinildi

Buyuk Britaniyaning Solsberi shahrida politsiya mahalliy ibodatxonani omarishga uringan erkakni qolga oldi. Bu haqda Korrespondent.net xabar berdi. Foto: Korrespondent.netTakidlanishicha, erkak 1215-yilga taalluqli Buyuk erkinlik xartiyasi saqlanadigan shisha qutini sindirishga uringan.Politsiya jinoyatchini, ogrilik, qurol olib yurish va mulkka zarar yetkazishda gumonlab, qolga olgan. Hujjat ogrilikka urinish chogida zararlanmagan.Buyuk erkinlik xartiyasi ozining qonun ustuvorligi tamoyili bilan huquqiy davlat asosini yaratgan hujjat hisoblanadi. Hujjat birinchi marta qirrollik hokimiyatini huquqiy tizimga kiritgan va davlat rahbari hokimiyatini qonunga boysundirgan. Xartiya nafaqat angliyalik feodallarning erkinligini, balki Orta asrlar Angliyasining barcha ozod aholisini himoya qilgan. Tarixiy hujjat nafaqat ingliz, balki Yevropa huquqiy ongining rivojlanishiga ulkan tasir korsatgan.Buyuk Britaniyada 2015-yilda hujjatning 800 yilligi tantanavor nishonlangan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0