Tadbirkorlarga ulgurji savdo qilish litsenziyasi bolmasa ham meva-sabzavot eksport qilish huquqi beriladi

Ozbekiston Prezidentining joriy yil 17-oktabrdagi Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi qarori bilan eksportga mahsulot yetkazib berishni kopaytirishni ragbatlantirish, ortiqcha va eskirgan ruxsat berish tartibotlarini bekor qilish orqali ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish maqsadida meva-sabzavot eksporti tartibiga ozgartirishlar kiritildi. Bu haqda OzA xabar berdi. Foto: Xabar.uzTadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati Ozbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashi ijroiya qomitasi tomonidan tashkil etilgan davra suhbatida mazkur qaror mazmun-mohiyati muhokama etildi.Tadbirda takidlanganidek, davlat rahbarining qarori asosida yuridik shaxslarga meva-sabzavot mahsulotlari eksportini dastlabki tolovsiz, akkreditiv ochmasdan, bank kafolatini rasmiylashtirmasdan hamda eksport shartnomasini siyosiy va tijorat xavflaridan sugurta polisisiz amalga oshirish huquqi berildi.Shuningdek, ular meva-sabzavot mahsulotlari eksportidan tushumlarni oz vaqtida taminlamagan meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiluvchilari meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishda 100 foizlik oldindan tolov olish talablari ularga qollangan holda nohalol meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiluvchilar reyestriga kiritiladi.2017-yilning 1-iyulidan boshlab tadbirkorlik subyektlariga yangi meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlari haqini oldindan 100 foiz tolash sharti bilan togridan-togri shartnomalar asosida eksport qilishga ham ruxsat etilgan.Eng muhimi, bundan buyon tadbirkorlik subyektlari ulgurji savdo qilish litsenziyasiga ega bolmasdan meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oshirish huquqiga ega boladi.Qaror bilan bojxona organlari tomonidan eksport qilinayotgan meva-sabzavot mahsulotlarining bojxona korigidan otkazish bilan bogliq masala ham oz yechimini topdi: endi eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlari bojxona korigidan otkazilmaydi.Bundan tashqari, tadbirkorlik subyektlari ozlariga ajratilgan yer uchastkalarida meva-sabzavot mahsulotlarini bevosita ularni yetishtirish joylarida sugorish, tayyorlash va saqlash boyicha infratuzilma obyektlari qurish uchun yengil konstruksiyalarni qurish yuzasidan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishi mumkinligi belgilandi.Qarorning yana bir muhim jihati shundaki, organik qishloq xojaligi boyicha dastlabki qadam qoyildi. Yani, mamlakatda Global GAP, Halal va Organic standartlari talablariga muvofiq meva-sabzavot yetishtiruvchi mahalliy korxonalarni sertifikatlash boyicha mutaxassislar tayyorlash yolga qoyiladi.Hozirgi vaqtda mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan eksportga yonaltirilgan meva-sabzavot mahsulotlarining turlari, hajmi, summasi va yetishtirish hududlari kesimi togrisidagi malumotlarni, shuningdek, eksport jarayonining barcha bosqichlarini real vaqt rejimida kuzatish imkonini beruvchi Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilar axborot portali ishlab chiqiladi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0