Samarqandda sud raislari 2018-yilning otgan oyida qilingan ishlar boyicha hisobot berdi

Jinoyat ishlari boyicha Samarqand viloyati sudi raisi O.Hayitovning qayd etishicha, jinoyat ishlari boyicha viloyat, tuman, shahar sudlari tomonidan hisobot davrida 4084 nafar shaxsga nisbatan 3256 ta jinoyat ishi korib, tamomlangan. Tamomlangan ishlar soni otgan yilning shu davriga nisbatan 828 ta, shaxslar soni esa 2243 nafarga kamaygan. Jinoyat ishlarining 1544 tasi sayyor sud majlislarida korilgan. 755 ta jinoyat ishi taraflar yarashgani munosabati bilan tugatilib, 840 nafar shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan. Viloyat sudining birinchi bosqichida 1 ta jinoyat ishi boyicha 5 nafar shaxsga nisbatan oqlov hukmi chiqarilgan bolsa, barcha instansiyalarida 31 nafar shaxs oqlangan. Bu haqida Samarqand viloyati matbuot uyida sudlar faoliyatidan jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarini xabardor qilish maqsadida brifingda malum qilindi, deya xabar bermoqda Danyo muxbiri Farhod Norbotayev. Foto: Google ImagesFuqarolik ishlari boyicha Samarqand viloyat sudi raisi orinbosari B.Norovning takidlashicha, otgan oy davomida 18 ming 840 ta fuqarolik ishi korilgan. Bu raqam otgan yilning shu davri bilan qiyoslaganda, 3990 taga kamaygan. Korilgan ishlarning 16 ming 879 tasi yuzasidan hal qiluv qarori chiqarilib, 14 ming 249 ta davo qanoatlantirilgan, 2630 tasi esa rad etilgan. Nikohdan ajratish bilan bogliq ishlar boyicha chiqarilgan hal qiluv qarorlari otgan yilning shu davriga nisbatan 368 taga kopayib, 4441 tani tashkil etgan. Lekin davo qanoatlantirilgan qarorlar 2421 ta bolib, avvalgi yilga qiyoslaganda 156 taga kamaygan, 234 oila yarashtirilgan. Yilning toqqiz oyida korib tamomlangan 22 ming 940 ta mamuriy ish boyicha 26 ming 109 nafar shaxsga nisbatan mamuriy jazo qollash haqida qaror chiqarilgan, dedi Samarqand viloyati mamuriy sudi raisi B.Diyorov. Jumladan, 18 ming 34 nafar shaxsga nisbatan jarima jazosi, 5ming 125 kishiga muayyan huquqdan mahrum qilish, 2 ming 581 shaxsga nisbatan mamuriy qamoq jazosi qollanilgan. Transport vositalarini mast holda boshqarishga oid 5379 mamuriy ish boyicha 5479 nafar shaxs javobgarlikka tortildi. Shuningdek, transport vositalarining belgilangan harakat tezligini oshirgani uchun 1055 nafar haydovchi jarima tolashga majbur boldi. Umuman, hisobot davrida viloyatdagi mamuriy sudlar tomonidan korilgan ishlar boyicha 11 milliard 815 million somdan ortiq jarima jazosi tayinlanib, 9 milliard 637 million somning ixtiyoriy tolanishiga erishilgan.Samarqand viloyati iqtisodiy sudiga joriy yilning toqqiz oyi davomida viloyat va tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlariga 35 ming 356 ta davo arizasi kelib tushgan. Bu otgan yilning shu davriga nisbatan 7744 taga kop, demakdir. Viloyat iqtisodiy sudi raisi M.Bozorovning takidlashicha, korib chiqilgan 26 ming 649 ta iqtisodiy ishlar boyicha davogarlar foydasiga 411 milliard 443 million som undirish haqida sud qarorlari qabul qilingan.Otgan davrda eng kop iqtisodiy ishlar Pastdargom tumani iqtisodiy sudi (5525 ta), Kattaqorgon (4642 ta), Payariq (4253 ta), Jomboy (3673), Tayloq (3563) tumanlararo iqtisodiy sudlari tomonidan korib, hal etilgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0