Samarqandda 16 nafar tadbirkorlar faoliyatiga chek qoyildi

Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasi tomonidan davlat royxatidan otmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanayotgan 16 nafar jismoniy shaxslarning faoliyatiga chek qoyildi. Bu haqida Daryo muxbiri Farhod Norbotayev xabar bermoqda. Foto: OzAJumladan, 5 ta holatda avtomobillarni yuvish faoliyati, 7 ta holatda avtomobillarni vaqtinchalik saqlash (avtostoyanka) joylari tashkil qilish, 2 ta holatda maxsus litsenziyasiz gastrol konsert faoliyati bilan shugullanish, 2 ta holatda savdo faoliyati bilan shugullanayotgan tadbirkorlar aniqlangan.Jumladan, Samarqand shahar, Jomiy kochasi 46-uy yertolasida kiyim-kechaklar savdosi bilan shugullanib kelgan A.Z. faoliyatini boshlashdan avval davlat royxatidan tadbirkor sifatida otmasdan faoliyat yuritgan. Otkazilgan nazorat tadbirida A.Z. hech qanday hujjatlarsiz ish yuritib, 375 million 885 ming somlik 39 turdagi ayollar va bolalar kiyim-kechaklarini savdoga qoygan. A.Z.ning savdoga qoygan mahsulotlari vaqtinchalik daliliy ashyo sifatida olib qoyilgan.- Oktabr oyining otgan davri mobaynida 213 nafar fuqaro yakka tartibdagi tadbirkor sifatida royxatdan otdi, - deydi Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasi bolim boshligi Lochinbek Rasulov.- 46 nafar faoliyatini vaqtinchalik toxtatgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning faoliyati tiklandi. Shuningdek, 38 nafar yollanma ishchilar royxatdan otkazildi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0