Surxondaryoda Termiz City majmuasi bunyod etiladi

Surxondaryo viloyati hokimligida Termiz shahrini obodonlashtirish, uning arxitekturaviy qiyofasini yanada yaxshilash, aholi va mehmonlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida Termiz City majmuasini bunyod etish loyiha taklifi muhokama etildi, deb xabar beradi viloyat hokimligi matbuot xizmati. Foto: Facebook / Surxondaryo viloyati hokimligiGermaniyaning “Kema” kompaniyasi vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Termiz shahridagi Arch Design Service MChJ tomonidan ishlab chiqilgan loyiha taklifiga ko‘ra, Termiz City zamonaviy kompleksini shaharning 3 — Islom Karimov hamda yangi qurilayotgan Loyihaviy 7-7 ko‘chalari kesishuvidagi 11 gektar, Alisher Navoiy nomli ko‘cha yoqasida barpo etilayotgan “Yashil dunyo” savdo kompleksi yonidagi 25 gektar, Beruniy va Istiqlol ko‘chalari tutashgan bo‘sh yer maydonidagi 4,2 gektar hududida qurish rejalashtirilgani aytildi.Majmuada biznes markazlar, savdo majmualari, mehmonxona va ofislar, ko‘p qavatli zamonaviy uylar, restoranlar, sun’iy ko‘l-u favvoralar, yer osti avtoturargohlari, ijtimoiy va boshqa obyektlarni bunyod etish ko‘zda tutilgani, bu ishlar uchun bosh pudratchi — Germaniyaning “Kema” kompaniyasi 2 milliard AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritishi, shuningdek, O‘zbekiston  hamda xorijiy davlatlarning yetakchi loyiha institutlari, chet ellik investorlar jalb etilishi ta’kidlandi.Ikki yilga mo‘ljallangan ushbu loyiha taklifini o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolangandan so‘ng amalga oshirishga kelishib olindi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0