Fermerlar endi buxgalteriya hisobini yuritmaydi

Ozbekiston Prezidentining 2-iyulda qabul qilingan Fermer xojaliklarida hisob tizimini tubdan yaxshilash va ularga bank xizmatlari korsatishni takomillashtirishning qoshimcha chora-tadbirlari togrisidagi qarori doirasida fermer xojaliklari buxgalteriya hisob-kitobini sifatli va tezkor olib borish boyicha choralar korilmoqda, deb xabar beradi OzA. Foto: OzAOzbekiston fermer, dehqon xojaliklari va tomorqa yer egalari kengashining bosh hisobchisi Gavhar Suvonovning qayd etishicha, joylarda fermer xojaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari tashkil etilgan bolib, ularning soni hozirda 157 taga yetdi.Mazkur markazlarga qariyb uch ming nafar buxgalter ishga qabul qilingan bolib, ular fermer xojaliklari ishchilariga ish haqi va undan majburiy ajratmalar, mavsum yakuni boyicha tovar-moddiy zaxiralari, pul mablaglari, debitorlik va kreditorlik qarzlarini inventarizatsiyadan otkazish, soliqlar boyicha hisob-kitoblar, soliq organlari bilan qarzdorlik boyicha solishtirma dalolatnomalarini tuzish hamda soliq va boshqa majburiy tolovlarning oz vaqtida tolanishini tashkil etish kabi vazifalarni bajaradi.Markazlar paxta va boshoqli don yetishtiruvchi fermerlarga tekin xizmat korsatadi. Shuningdek, moliyaviy imkoniyati cheklangan, buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish izdan chiqqan ayrim xojaliklarda hisobotni tiklash maqsadida uch oy davomida bepul xizmat korsatiladi. Boshqa mahsulot yetishtiruvchilar ushbu xizmatlar uchun belgilangan tartibda tolovni amalga oshiradi.Ayni vaqtda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtiruvchi fermer xojaliklarining agrotexkartalari asosida ajratilgan kredit resurslarini onlayn tarzda boshqarish, tolovlarni amalga oshirish va qoldiqlarni nazorat qilib borish imkoniyatini beruvchi maxsus mobil banking dasturiy taminot Agrobank bilan hamkorlikda ishlab chiqilmoqda. Bu mobil banking dasturining ishga tushishi natijasida fermer xojaliklari faoliyati togrisidagi barcha zarur malumotlarning elektron bazasi yaratiladi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0