Ozbekiston TIV vakillari BMT 6-qomitasining 73-sessiyasida qatnashdi

Ozbekiston tashqi ishlar vazirligi shartnoma-huquq departamenti vakillari 22-26-oktabr kunlari BMT Bosh assambleyasi 6-qomitasining (huquqiy masalalar boyicha) 73-sessiyasi ishida ishtirok etdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi. Foto: Argumenti i faktiTadbir doirasida Xalqaro huquq komissiyasi va BMT Xalqaro sudi dokladlari boyicha muhokamalar hamda tashkilotga azo mamlakatlar tashqi siyosat idoralari huquqiy xizmatlari rahbarlari uchrashuvi bolib otdi.Kop tomonlama shaklda xalqaro huquq normalarining izchil rivojlanishi va ularni kodifikatsiya qilish hamda xalqaro munosabatlarda huquqning ustuvorligini taminlash masalalari muhokama qilindi.Xususan, kun tartibidagi jus cogens (xalqaro huquqning imperativ normalari), xalqaro odat normalarini aniqlash, davlat mansabdor shaxslarining chet el jinoiy yurisdiksiyasidan immuniteti, kelishuvlarning vaqtinchalik qollanilishi, kelishuvlarni izohlash borasidagi keyingi bitimlar va keyingi amaliyot va shu kabi boshqa masalalarga alohida etibor qaratildi.Sessiya yakunida 2018-yil dekabr oyida qabul qilinishi kutilayotgan BMT Bosh Assableyasining tegishli qarorlari loyihalari korib chiqildi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0