Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Toshkentga tashrif buyurdi

O‘zbekiston – Rossiya Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2018-2019-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturiga binoan 26-oktabr kuni Toshkent shahrida tashqi siyosatni axborot bilan ta’minlash va OAV bilan ishlash masalalari bo‘yicha vazirliklararo maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi. Foto: TIVRossiya TIV delegatsiyasiga Axborot va matbuot departamenti direktori Mariya Zaxarova boshchilik qildi.Uchrashuvda ommaviy axborot vositalari bilan ishlash sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi, tajriba almashildi.Rossiya delegatsiyasi shu kunning o‘zida JIDU o‘qituvchi va talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0