Astraxan viloyatida Gazelning daryoga qulashi oqibatida Ozbekiston fuqarosi halok boldi

Rossiyaning Astraxan viloyatida Gazelning paromdan daryoga qulashi natijasida ozbekistonlik fuqaro halok boldi. Bu haqda Podrobno.uz xabar berdi. Foto: Google ImagesQayd etilishicha, Vostok qishlogida istiqomat qiluvchi 1994-yilda tugilgan fuqaro qoshni qishloqdan suv olib kelish uchun Gazel avtomashinasida yolga chiqadi. Unga hamroh sifatida esa 1997-yilda tugilgan Ozbekiston fuqarosi ham yolga otlanadi.Yenotevka daryosi qirgoqlariga yaqinlashganda haydovchi tormoz bosishga harakat qiladi, biroq buning uddasidan chiqa olmaydi. Keyin esa paromga yetib borib, undan mashina va yolovchi birgalikda daryoga tushib ketadi.Haydovchi chokayotgan mashinadan chiqib, ozbekistonlik yigitni chiqarib olgan, biroq qirgoqqa qadar yetib bora olmagan. Ayni damda voqea joyida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari ish olib bormoqda. Politsiya esa mazkur hodisa boyicha tekshiruv boshladi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0