Gonkong ekspertlari investitsiya va transchegaraviy loyihalar uchun ofshor va xalqaro korporativ tuzilmalari haqida

22-oktabr kuni Toshkentga xizmat safari doirasida Gonkongning Harneys va Perun Consultants kompaniyalari vakillari investitsiya va transchegaraviy loyihalar uchun ofshor va xalqaro korporativ tuzilmalarini amalda qollash boyicha seminar otkazishdi.Ofshor zonalar iqtisodiy zonalarning oziga xos korinishi bolib, ular joylashgan hududda norezident kompaniyalar uchun soliqqa tortish, royhatga olish va litsenziyalashtirishning oziga xos imtiyozli tartibiga amal qilinadi. Bugungi kunda ofshor kompaniyalar bu etiborli munosabat va diqqat bilan organishni talab etuvchi ishonchli, qiziqarli va samarali usuldir.Seminarda ofshor tuzilmalarini qollovchi dunyoning yirik korporatsiyalari misollari korib chiqildi, chet el pul mablaglari doirasida aktivlar va manfaatlarni himoya qilish masalalariga oydinlik kiritildi. Qolaversa ishtirokchilar ofshor tuzilmalar doirasida Xitoy va boshqa yurisdiksiyalar bilan ishlashda xalqaro investitsiyalar bilan bogliq songgi tendensiyalarni muhokama qilishdi.Xalqaro banking, soliqni rejalashtirish, kompaniyalarni chet elda royhatdan otkazish sohasi ekspertlari aktivlarni himoya qilish sxemasida chet el kompaniyalari, klassik ofshorlarni qollashdan maksimum foyda olish haqida ham sozlab berishdi. Bu kabi bilimlarga ega bolganlar soni juda kam, ularni ozgalar bilan bolishuvchilar soni esa undan ham kam (ayniqsa tekinga).Seminarda ikki kuchli ekspert chiqish qildi: Ienn Mann Harneys kompaniyasining Osiyo hududi boshqaruv hamkori va Gvinn Xopkins Perun Consultants kompaniyasi boshqaruv direktori.Harneys dunyo bozorida 60 yildan ziyod tajribaga ega yetakchi xalqaro ofshor yuridik firmalardan biri bolib, u Kayman orollari, Britaniya Virgin orollari, Kipr va Bermud orollari huquqi doirasida amalga oshirilgan bitimlarni kuzatishga ixtisoslashgan. Harneys huquqshunoslari MDX va Xitoyning koplab yirik kompaniyalari manfaatlarini taqdim etishadi. Kompaniya ofshor yuridik firmalar orasida eng yirigi bolib, u Yevropa, Osiyo, Shimoliy va Janubiy Amerika va Karib havzasi mamlakatlari moliyaviy markazlarida joylashgan 12 dan ziyod vakolatxonalarga ega, bu esa mijozlarga oz vaqtida ishonchli, qulay tilda va kerakli soat mintaqasi boyicha xizmat korsatish jarayonini taminlaydi.Korsatiladigan korporativ va fidutsiar xizmatlar haqida batafsil malumotga ega bolish uchunwww.Harneys.comsaytiga tashrif buyuring.Perun Consultants sud buxgalteriyasi, korporativ maslahatlar, aktivlarni baholash, restrukturizatsiyalashtirish, kompaniyalarni moliyaviy soglomlantirish va likvidatsiya qilish proseduralari kabi xizmatlarni korsatuvchi butik konsalting firmasidir.Firma turli vaziyatlarda tomonlarga yordam berish maqsadida boshash jarayonidagi sud muhokamasi, aksionerlar ortasidagi bahs-munozaralar va shartnoma majburiyatlarining buzilishi bilan bogliq tortishuvlardan tortib kompaniyalarning sotib olish qiymati yoki uy-xojaligi aktivlari orasida biznesni baholash qiymatini belgilash borasida korsatmalarni taqdim etadi. Kompaniya xizmatlari qatoriga sud yoki arbitraj muhokamasi jarayonida dalillarni taqdim etuvchi tayinlangan ekspert sifatida chiqish qilish ham orin olgan.Perun Consultants kompaniyasi va uning xizmatlari haqida batafsil malumotgawww.perunconsultants.comsaytida ega bolishingiz mumkin.AloqaE-mail:akaraganova@perunconsultants.com Perun Consultant mijozlar bilan ishlash direktori Aleksandra Karaganova.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0