Chustda 30 kishi kabobdan zaharlanib, shifoxonaga yotqizildi

Namangan viloyati Chust tumanida fuqarolar ommaviy zaharlanish natijasida tuman shifoxonasiga yotqizilgan. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi. Foto: “Xalq so‘zi”Ma’lumotlarga ko‘ra, Chust bozori yaqinidagi tamaddixonalardan birida 21-oktabr kuni ovqatlangan taxminan 30 ga yaqin odamlar sog‘lig‘idan shikoyat qilib tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, odamlar go‘shtdan tayyorlangan kabob iste’mol qilgach, shifoxonaga murojaat qilgan.Ularning olti nafari og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgani aytilmoqda. Qolgan bemorlarga birinchi yordam ko‘rsatilgan va uy sharoitida muolajani davom ettirish uchun javob berib yuborilgan.“Xalq so‘zi“ gazetasi Sanitariya-epidemiologiya nazoratining Chust tumani markazi rahbari bilan mazkur masala yuzasidan bog‘landi. Ammo tashkilot rahbari ishxonasida yo‘qligi bahonasida bilan ma’lumot berishni istamadi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0