Rossiya-Kultura telekanali Ozbekiston haqidagi 4 seriyali hujjatli filmni suratga oladi

Rossiya-Kultura telekanali Ozbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va Ozbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi bilan hamkorlikda Ozbekiston. Sevgi haqida afsonalar deb nomlangan tortta hujjatli filmlar turkumini suratga oladi. Bu haqda loyiha ishtirokchilari Daryoga xabar berdi. Foto: OzEOAVMA matbuot xizmatiFilmlarda Buyuk hind va Ipak yollari tarixi va Ozbekiston hududida rivojlanib kelgan sivilizatsiyalar, tinchlik va birodarlikda 130 dan ortiq millatlar vakillari yashab kelayotgan qadimiy mamlakatning bagrikengligi, ozbek milliy sanati, ilm-fani, memorchiligi, milliy taomlari va pazandachilik ananalari haqida soz yuritiladi.Filmlar Ozbekistonning qadim davrdan boshlab to bugungi kunga qadar bolgan madaniy va tarixiy rivojlanishining asosiy jihatlarini qamrab olishi kutilmoqda.Biz rossiyalik teletomoshabinga Ozbekiston togrisida sevgi haqida qadimgi xalq afsonalari: oz yurtiga muhabbat, sanat va ilm-fanga mehr-muhabbat, buyuk sarkardalar, jangchilar sevgisi, insoniy his-tuygularning buyuk tarixlari orqali sozlab bermoqchimiz, zero ularsiz ozbek xalqi shunday ajoyib memoriy, shyeriy, musiqiy namunalarni yaratmagan hamda Ozbekiston madaniy merosi tushuchasi shakllanmagan bolar edi, takidlab otdi hujjatli filmning muallifi va prodyuseri Firdavs Abduholiqov.Hujjatli filmlarni yaratishda Ozbekistonning yetakchi arxitektorlari, tarixchilari, diniy muassasalari rahbarlari, olkashunoslari, ilm-fan va madaniyat arboblari, taniqli oshpazlari qatnashadi.Hujjatli film ssenariysi muallifi Tatyana Basova film haqida shunday deydi: Rossiya-Kulturatelekanali va OzEOAVMA hamkorligi Ozbekiston: qolga kiritilgan kashfiyotlar filmidan boshlangan bolib, u bir yil avval ekranlarga chiqarilgan edi. 25 yil ichida Ozbekiston togrisida birinchi bor suratga olingan film kanalimizda yaratildi. Takidlab otishim kerak, bu rossiyaliklarning nazari va ularning yangi Ozbekistonni XXI asr voqeligida korishi bolgan. Film yuqori reytingga ega bolib, teletomoshabinlarimizda katta qiziqish uygotdi. Aynan shuning uchun biz ishni davom ettirishga qaror qildik.Bugungi kunda bu OzEOAVMAning Rossiya telekanallari bilan birgalikdagi beshinchi loyihasi hisoblanadi. Bundan avval Ozbekiston qumliklar javohiri, Qoraqalpogiston vaqt qumlari oralab, Ozbekiston: qolga kiritilgan kashfiyotlar, Nukus. Nomalum kolleksiya filmlari yaratilgan edi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0