Endi tabiblar litsenziya asosida faoliyat yuritadi

Xalq sozi da Ozbekistonda tabiblarga ham ehtiyoj katta ekanligi hamda bugungi kunda tabiblarning faoliyatini qonuniylashtirish yuzasidan qilinayotgan ishlar xususida maqola chop etildi. Quyida maqola toligicha etiboringizga havola etiladi.Kopchilik yurtdoshlarimiz xastaligiga davo topish ilinjida bir marotaba bolsa-da, tabibga murojaat qilishi bor gap. Chunki kimyoviy usulda tayyorlangan dori-darmonlardan kora, turli tabiiy giyoh va damlamalar asosida shifo topishni afzal biladiganlar xalqimiz orasida juda kop. Foto: Xalq soziTabiblarning aksariyati Ibn Sino bobomiz qoldirgan manbalarga murojaat qilib, zamonaviy tibbiyot ojizlik qilgan ayrim xastaliklar davosini amalda korsatib bersa-da, uni tan olmaslikka harakat qilindi. Xalq tabobatini zamonaviy tibbiyotga uygunlashtirish masalalariga etibor qaratilmadi.Hatto Fuqarolar sogligini saqlash togrisidagi Qonunda ham xalq tabobatiga aloqador normalar kiritilmadi. Tabiblarni tibbiyotning ilgor yutuqlari bilan tanishtirish, oqitish, ozaro tajriba almashish, qisqasi, ikki yonalishni uygunlashtiruvchi tamoyil ishlamadi. Vaholanki, turli dorivorlaru noananaviy usullarda ish yuritayotgan tabiblarning soni 30 mingdan oshib ketdi. Respublikadagi mavjud 4253 ta xususiy tibbiyot muassasasining 516 tasida xalq tabobati usullari keng qollanilmoqda.Bunday tartibsiz vaziyat ayrim uddaburon tabiblarning odamlarni davolash emas, balki firibgarlik bilan momay pul topishlariga ham yol ochib berdi. Chunki xalq tabobatining samarasini, ular qollayotgan usullarning asl tasirini hech kim organmadi, tibbiy nazorat ham olib borilmadi.Prezidentimizning Ozbekiston Respublikasida xalq tabobati sohasini tartibga solish chora-tadbirlari togrisidagi qarori ana shunday muammolarga yechim topish, mazkur yonalishda toplangan tajribadan unumli va xavfsiz foydalanishga qaratilgani bilan goyatda muhimdir.Rozimuhammad Xonnazarov, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi ilmiy tadqiqotchisi:Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, AQSh, Hindiston davlatlarida xalq tabobatining samarali usullaridan keng foydalaniladi. Yurtimizda esa bu sohani va tabiblar faoliyatini huquqiy tomondan tartibga soladigan normativ hujjatlar ishlab chiqilmagan edi. Bu esa tabiblar va ularga murojaat qiluvchi fuqarolarning huquqiy himoyasini taminlash imkonini bermasdi. Qaror bilan bu kabi kamchiliklar bartaraf etiladi. Endi xalq tabobati boyicha toplangan boy tajriba va salohiyat zamonaviy tibbiyotga uygunlashtiriladi. Chunki dunyoning 130 dan ortiq davlatlarida aynan shunday yol tanlangan.Hujjatga kora, avvalo, xalq tabobati aholiga tibbiy yordam korsatishning qoshimcha usuli sifatida etirof etiladigan boldi. Unda xalq tabobatini rivojlantirishning asosiy yonalishlari belgilab berildi. Chunonchi, soha ijobiy yutuqlarini zamonaviy tibbiyotga integratsiya qilish, mazkur yonalishda yetakchi mahalliy va chet el tibbiyot muassasalari hamda soglomlashtirish amaliyot markazlari bilan yaqin hamkorlik qilish, xalq tabobati mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yaratish shular jumlasidan.Ozbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligi xalq tabobati usullarini qollagan holda, tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bolgan talablar, shuningdek, xizmat korsatish hajmi va tartibini belgilovchi vakolatli organ etib belgilandi.Elmira Bositxonova,Ozbekiston Respublikasi sogliqni saqlash vaziri orinbosari: Prezident tomonidan imzolangan ushbu qaror tarixiy ahamiyatga ega. Chunki oxirgi 100 yil davomida xalqimiz xalq tabobatidan bahramand bolib kelayotgan bolsa-da, shu vaqtga qadar bu soha qonundan tashqarida edi. Endi xalq tabobati sohasidagi faoliyatni tartibga solish va nazorat qilishni nazarda tutuvchi meyoriy-huquqiy baza shakllantiriladi, ushbu yonalish nafaqat fan sifatida, balki amaliy tibbiyot rivojida, aholi salomatligini tiklashda ham katta hissa qoshadi.Hujjat bilan Ozbekiston Respublikasida xalq tabobatini rivojlantirish boyicha ustuvor chora-tadbirlar dasturi ham tasdiqlandi.Shuningdek, endilikda xalq tabobati xizmatlarini korsatuvchilarni oqitish, ularga zamonaviy tibbiyotdagi tashxis va davolash muolajalarini toliq qollay olishlari uchun respublikadagi tibbiyot oliy oquv yurtlarining Davolash ishi, Pediatriya ishi, Tibbiy-pedagogika ishi bakalavriat yonalishlaridagi oquv dasturlariga xalq tabobati boyicha maxsus oquv sikli joriy etiladi. Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida esa xalq tabobati kafedrasi va Xalq tabobati yonalishi boyicha malaka oshirish kurslari tashkil qilinadi.Bundan buyon xalq tabobati bilan shugullanuvchi shaxslar va shunday xizmatni korsatuvchi tibbiyot muassasalari maxsus litsenziya asosida faoliyatni amalga oshiradi. Xalq tabobati usullarini qollash bilan shugullanayotgan mutaxassis va tashkilotlar boyicha yagona axborot bazasi yaratiladi. Ushbu bazaga litsenziya asosida faoliyat olib borayotgan tabiblar, xalq tabobati usulida ish yuritayotgan davolash muassasalari haqidagi barcha malumotlar joylashtirib boriladi.Umuman aytganda, asrlar davomida ota-bobolarimizdan meros bolib kelayotgan xalq tabobati usullari endilikda zamonaviy tibbiyot bilan uygun holda taraqqiy etadigan boldi. Bu xalq salomatligini taminlashda katta ahamiyatga ega.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0