Raqqa yaqinidagi qabristondan IShID qatl etgan 115 kishining jasadi topildi

Suriyada kamida 115 kishi IShID terrorchilari ommaviy qirg‘ini qurboni bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda. Foto: SANAUlarning jasadi Suriya armiyasi tomonidan ozod qilingan Raqqa shahridan 25 kilometr g‘arbdagi al-Vavi aholi pukti chetidagi chuqur o‘rada aniqlandi va chiqarib olindi.Barcha jasadlar ekspertiza o‘tkazish va qurbonlar shaxsini aniqlash uchun harbiy gospitalga yetkazildi.Al-Vavidan 7 kilometr janubi-sharqdagi Debsi-Afnan tumanida ham mahalliy aholi yana bir qabriston topdi. U yerga harbiy-tibbiy xizmat xodimlari yetib keldi. Qurbonlar orasida harbiylar va tinch aholi vakillari borligi bildirilmoqda. шаблоны для dle 11.2
0
Добавить комментарий

Оставить комментарий