Samarqandlik fermer bir tup shaftolida 3 xil meva yetishtirdi

Samarqand viloyati Kattaqorgon tumanidagi Chigatoy fayzli boglari fermer xojaligi rahbari dunyo ekoturizm faoliyatini kuzatib, sayyohlarning fermerlarning uyi yoki dala shiyponida qolishiga guvoh bolgach, sayyohlar uchun mehmonxona qurishni boshlab yubordi. Bu haqda OzA xabar bermoqda. Foto: OzAUni yonida qishloq xojalik mahsulotlarini quritish va qayta ishlash sexi ham barpo etilmoqda. Ana shunda sayyohlar gulzor, bog va issiqxonani tomosha qilib, sexda tayyorlangan ekologik toza sharbatlardan istemol qilishi uchun sharoit yaratiladi.Fermerning bogi bir necha qismdan iborat. Uning bir tarafida Yevropadan keltirilgan gullar, daraxtlar bolsa, yana bir tarafida Sharq ertaklariga tushib qolganday bolasiz. Amerika va Kanadada osadigan yongoq navlari, Gruziya noklari, Gretsiyaning olxori, shaftolisi, Hindistonning danaksiz anorigacha payvandlash usulida kopaytirilmoqda.Mutaxassislarning malum qilishlaricha, odatda, nok kochatini kokartirish qiyinroq, uning meva berishiga ham 10-12 yil kerak bolar ekan. Chigatoy fayzli boglari bogbonlari bu muddatni 80 foizga qisqartirishga erishdi. Tezpishar va serhosil navini kopaytirish maqsadida olmurutga payvand qilingan nok kochatlari uch yilda hosilga kiradi. Bu nav iyun oyining ortalaridan oktabrning songiga qadar hosil beradi.Xojalik bogida payvandlash orqali kopaytirilgan yil davomida hosili navbat bilan pishadigan yana bir mevali daraxt bor. Bu shaftoli bolib, uning bir tupida uch xil meva, uch muddatda pishadi. Bunday shaftolidan koplab kochat yetishtirishga ham erishildi.Bogdorchilikka bolgan ishtiyoq bois, qayerdaki serhosil va tezpishar, eksportbop va xaridorgir meva haqida eshitsa, topib kelib, iqlimimizga moslab, yurtimizda kopaytirishga harakat qiladi. Hech bolmasa urugini kokartiradi. Fermer ana shu tarzda Xitoyda osadigan Goja dorivor osimligini kopaytirdi. Yurak, qon-tomir, bel, oyoq, oshqozon, buyrak kasalliklari uchun dorilar tayyorlanadigan bu osimlik mevasining bir kilogrammi Yevropa davlatlarida 100 dollarga baholanadi.Bir necha yillar oldin Dubaydan keltirilgan kivi hozir 15-20 kilogramm meva bermoqda. Shuningdek, kivi kochatlari ham tayyorlangan bolib, buyurtma asosida yetkazib berilmoqda. Besh sotixli tabiiy issiqxonada anjir yetishtirayapmiz, deydi fermer xojaligi rahbari Tohir Yorqulov. Odatiy usulda anjir yetishtirilganda kuz-bahordagi komib-ochish paytida gul tuganaklari kop nobud boladi. Issiqxonada esa anjirning mol hosil berishini isbotladik. Mojazgina issiqxonadagi 12 tup limonning har biridan 30 kilogrammdan hosil olyapmiz. Endi esa uzumdan yiliga 2 marotaba hosil yetishtirmoqchimiz. Etibor qilsangiz, ochiq holda uzum yetishtirishda kochatlar kuzda uyquga ketadi. Issiqxonada esa doim motadil haroratda hosil tuganaklari paydo bolaveradi. Bu esa bir necha marta hosil olishda qol keladi. dle 11.2
0