Shavkat Mirziyoyev topshirigiga binoan Toshkent davlat ozbek tili va adabiyoti universiteti oqituvchilariga 20 ta uy beriladi

Shavkat Mirziyoyev Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat ozbek tili va adabiyoti universitetiningoqituvchilari uchun Toshkent shahridan 20 uy ajratish boyicha topshiriq berdi, deb xabar qiladi OzA. Foto: Toshkent davlat ozbek tili va adabiyoti universiteti matbuot xizmatiBirinchi Prezidenti Islom Karimovning 2016-yil 13-maydagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan mazkur universitetda uch fakultet, on ikkita kafedra mavjud. Otgan vaqt mobaynida ushbu oliy talim muassasasiga ajratilgan oquv binolari kapital tamirdan chiqarilib, zamonaviy sharoitlar yaratildi. Bugun universitetda 1 ming 100 talaba tahsil olmoqda, ularga fan doktorlari va PhD darajasiga ega yuqori malakali mutaxassislardan iborat oqituvchilar jamoasi dars bermoqda.Shavkat Mirziyoyevningtashrifi doirasida mazkur universitet binolari foydalanishga topshirildi.Universitetda talim jarayoni toliq elektronlashtirilgan. Videokonferensiya zali, sinxron tarjima va ovoz yozish xonalari, axborot-resurs markazi zamonaviy texnologiyalar bilan taminlangan.Ozbekiston Prezidenti universitetda yaratilgan sharoitlarni kozdan kechirdi. Oqituvchi va talabalar bilan suhbatlashdi.Shavkat Mirziyoyev Navoiy asarlarining multimediaviy lugatini yaratib, xalqimizga yetkazish, ilmiy izlanishlarni ragbatlantirish zarurligini takidladi.Ozbek tilining xalqaro nufuzini oshirish, ozbek adabiyoti namunalarini chet tillarga tarjima qilish masalalariga alohida etibor qaratildi.Ona tilimizning boyligini, unga hurmatingiz va muhabbatingizni tilimizni dunyoga tarannum etish bilan korsatishingiz kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev universitet mutaxassislari bilan suhbatda.Shavkat Mirziyoyev universitet oqituvchilari uchun Toshkent shahridan 20 uy ajratish boyicha topshiriq berdi. dle 11.2
0