Ozbekistonda 10 mingdan ortiq qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxona faoliyat yuritmoqda

OzA muxbiri Ozqurilishmateriallari aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Botir Zaripov bilan bugungi kunda mazkur tashkilot qanday islohot va yangiliklarni amaliyotga tatbiq etayotgani, iqtisodiyotining muhim tarmoqlari qatorida oz oldiga qanday maqsad va vazifalarni qoygani, mahalliylashtirish va investitsiya dasturlarining qurilish materiallari sanoati istiqbolidagi orni va ahamiyati haqida suhbatlashdi. Foto: Kun.uzQuyida mazkur suhbat tolaligicha taqdim etiladi. Botir Komilovich, tarmoqda songgi yillarda qanday ozgarish va yangilanishlar boldi? Dastlab shu haqda toxtalib otsangiz. Bugungi hayot talabi va odamlarimiz istaklari ozgarmoqda. Xalqimiz haqli ravishda yaxshi yashashga intilmoqda. Bu oddiy gap emas. Dunyodagi voqea-hodisalarni, ananalarni tahlil etib, eng maqbulini turmush tarziga qabul qilayotgan yurtdoshlarimiz bilan hamqadam va hamnafas ishlashga harakat qilayapmiz. Prezidentimizning hamma narsa inson uchun, uning buguni va kelajagi uchun, degan ezgu goyasi xalqimizning yashash tarzi va dunyoqarashini tubdan ozgartirib yubordi. Barcha fuqarolarimiz kelajakka, ertasi bugundan yaxshi bolishiga astoydil intilmoqda va ishonmoqda. Buni birgina shahar va qishloqlarda amalga oshirilayotgan qurilish va bunyodkorlik ishlari kolami kun sayin kengayib, ommalashib borayotganidan ham anglash mumkin.Ijtimoiy soha obyektlari, noturar va aholi turar joylari uchun sifatli, arzon, zamonaviy qurilish materiallari zarur bolmoqda. Qurilish ishlari qiymatining 5560 foizini qurilish materiallari tashkil etishini, zamonaviy arxitektura yangi, sifatli, arzon, yengil va zilzilabardosh, innovatsion qurilish materiallarini talab etishini inobatga oladigan bolsak, tarmoq taraqqiyoti ahamiyatini his qilish qiyin emas. 2017-yilga qadar tarmoqda 7995 ta korxona mavjud bolgan. Ayni kunda yurtimizda 10552 ta qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxona faoliyat yuritmoqda. Otgan yili 120 turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarilgan bolsa, bugungi kunda ular soni 180 dan oshib ketdi.Otgan yildagi tarmoq faoliyati haqida gap ketganda, 2017-yilda mamlakatimizda qurilish materiallari ishlab chiqaradigan tadbirkorlik subyektlari tomonidan 16 trillion 756 milliard somlik qurilish materiallari ishlab chiqarilib, bu korsatgich 2016-yilga nisbatan 122,6 foizga oshganini koramiz. Sanoat ishlab chiqarishdagi ulushi esa 11,6 foizni tashkil etdi. Tahlillar shuni korsatdiki, mamlakat boyicha 180 turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarilgan bolib, bu turlarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar, yani portlandsement 2 trillion 403 milliard somni, chaqiq tosh 1 trillion 395 milliard, sement, beton va suniy toshdan yigma konstruksiyalar 1 trillion 72 milliard, alyuminiydan tayyorlangan konstruksiyalar 724 milliard, tabiiy qumlar 643 milliard, qora metallardan tayyorlangan konstruksiyalar 598 milliard, sendvich panellar 580 milliard, otga chidamsiz keramik gishtlar 485 milliard, yogoch qirindisidan plitalar 391 milliard, legirlanmagan polatdan sovuqlayin deformatsiya qilingan ugoloklar, maxsus va shakldor profillar 355 milliard, quyish uchun tayyorlangan beton 351 milliard, plastmassadan qattiq quvurlar, trubkalar va shlanglar 342 milliard somni tashkil etdi. Bular oddiy raqamlar emas, balki mamlakatimizda sohaga qaratilayotgan etibor va etirof samarasidir. Joriy yilning birinchi yarim yillik yakunlari haqida toxtalsangiz. Joriy yilda jamiyat tarkibidagi korxonalar tomonidan jami 3 trillion 800 milliard somlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va osish suratini 2017-yilga nisbatan 107 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Belgilangan reja boyicha otgan olti oylik natijalarga etibor qaratamiz. Bunda 2 trillion 271 milliard somlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, osish surati 101 foizga yetkazildi. Shuningdek, bu davrda 183,3 milliard somlik istemol tovarlari ishlab chiqarilishi evaziga osish 107,7 foizga taminlangani etiborga loyiq.Joriy yilning birinchi olti oyida 3693,1 ming tonna sement, 6,2 million kvadrat metr qurilish oynasi, 41,9 ming tonna quruq qurilish qorishmalari, 40,7 ming tonna qurilish gipsi, 16,7 ming tonna ohak, 29,7 million dona devorbop materiallar, 3,1 million dona shifer, 25,8 ming dona santexkeramika mahsulotlari kabi sifatli va arzon mahalliy qurilish materiallari ishlab chiqarildi. Joriy yilning birinchi yarim yilligida qiymati 518 milliard somlik 154 ta yangi loyiha ishga tushirildi. Natijada 1938 ta yangi ish orni tashkil etildi.Keramik plitkalar, santexkeramika mahsulotlari, keramogranit, sendvich panellar, yumshoq tomyopqich materiallari, bazalt armaturasi, suyuq gulqogoz, issiqlikni saqlovchi materiallarni ozlashtirishning yolga qoyilishi ham sohada erishilgan yutuqlarimiz hisoblanadi. Jamiyat tarkibidagi korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tashqi bozordagi ornini qanday baholaysiz? Albatta, ushbu korxonalar mahsulotlariga tashqi bozorda talab ortib borayotgani bu haqiqiy bahodir. Jamiyat tizimida eksport hajmi 2016-yilda 12,9 million dollar, 2017-yilda 23,7 million dollarni tashkil etgan bolsa, joriy yilning sakkiz oyida 27 million 600 ming dollarlik mahsulotlar eksport qilindi. Reja boyicha korsatkich 112,6 foizni tashkil etdi. Bugungi kunda jamiyat tarkibidagi korxonalarda ishlab chiqarilgan keramik plitkalar, santexkeramika mahsulotlari, quruq qurilish aralashmalari, pishgan gisht, tabiiy toshdan yasalgan qoplovchi buyumlar, ohak, polipropilen quvurlar, fitinglar singari qurilish materiallariga Rossiya, Ukraina, Qozogiston, Qirgiziston, Turkmaniston bozorlarida talab ortib bormoqda.Endilikda ular qatoriga Tojikiston va Afgoniston ham qoshildi. Negaki, bu davlatlarga 2017-yildan santexkeramika buyumlari, asbest buyumlar, keramik plitkalar, qurilish oynasi va sement kabi mahsulotlar eksport qilinmoqda. Qayd etish joizki, jamiyatda qurilish materiallarining eksport salohiyatini oshirish boyicha zaruriy choralar korilmoqda. Bu jarayonda eksport qilinadigan mahsulotlar turini kopaytirish va ularning eksport geografiyasini kengaytirish boyicha aniq rejalar belgilab olingan.Shu maqsadda, Pokiston Respublikasining Baxriya tavn yirik kompaniyasiga ishlab chiqarilayotgan 10 dan ortiq qurilish materiallarining namunalari, Belarus Respublikasiga mamlakatimizda mavjud tabiiy pardozbop toshlar, Hindistonga yangi va zamonaviy turdagi qurilish materiali ishlab chiqarish imkoniyatini beradigan tabiiy bazalt toshi namunalari yuborildi. Mamlakatimiz iqtisodiyotida investitsiya loyihalarini oz vaqtida va sifatli amalga oshirish, togridan-togri xorijiy investitsiyalarni jalb etishda barcha sohalar, ayniqsa, iqtisodiyot tarmoqlarining alohida orni bor. Jamiyat tarkibidagi korxonalar faoliyatida bu jarayon qanday kechmoqda? Davlatimiz rahbarining joriy yil 1-avgustdagi Ozbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari togrisidagi farmoni investorlar faoliyatiga bolgan etibor va ularning erkin ishlashi uchun zarur qulayliklar yaratish yolida muhim qadam boldi. Jamiyatimiz tarkibidagi korxonalarning aksariyati hamda tarmoq korxonalari faoliyati ham xorijiy sarmoyalar bilan chambarchas bogliq.Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyuldagi 20182019-yillarda investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirishga oid qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi qaroriga asosan jamiyat tomonidan 20182019-yillarda jami loyihalar qiymati 1 milliard 165 million dollarga teng (2018-yilda 227 million dollar, 2019-yilda 566,4 million dollar va istiqbolli loyihalar boyicha 470 million dollar) 16 ta investitsiya loyihaining amalga oshirilishi belgilangan.Bugungi kunda investitsiya loyihalarini oz vaqtida amalga oshirishni taminlash boyicha aniq muddat va masullarni belgilagan holda Yol xaritalari ishlab chiqildi. Bundan tashqari, har bir loyiha boyicha tarmoq jadvallari tasdiqlandi.Investitsiya loyihalarini oz vaqtida amalga oshirishni taminlash maqsadida obyektlarning loyiha hujjatlari, texnik-iqtisodiy asoslari hisob-kitoblari va smeta hujjatlarini tayyorlash ishlari jadal olib borilmoqda.Joriy yilning 8 oyida investitsiya loyihalari boyicha 18,7 million dollar ozlashtirilishi rejalashtirilgan bolsa, bu korsatkich amalda 37,1 million dollarni tashkil etdi.2018-yilning 9 oyi yakuni bilan jami 53,2 million dollar mablag ozlashtirilib, belgilangan reja 132,2 foizga bajarilishi kutilmoqda.Yil yakuniga qadar umumiy qiymati 128,7 million dollar bolgan 6 ta loyiha ishga tushirilishi taminlanadi, natijada Jizzax viloyatida yiliga 2,5 ming tonna bazalt armaturasi, Toshkent viloyatining Angren erkin iqtisodiy zonasi hududida yiliga 3,5 million kvadrat metr keramik plitka va 180 ming tonna metall armatura, Surxondaryo viloyatida jami 160 ming kvadrat metr tabiiy toshni qayta ishlash orqali gabbro va granit plitalar ishlab chiqarish yolga qoyiladi.2019-yilda 8 ta loyiha, jumladan, Fargona viloyatidagi Kvars aksiyadorlik jamiyati bazasida yiliga 20 million kvadrat metr qurilish oynasi, Surxondaryo viloyatida yiliga 150 ming kub metr qamishdan DSP, Samarqand, Andijon va Toshkent viloyatlarida yangi sement zavodlari hamda Navoiy viloyatidagi Qizilqumsement aksiyadorlik jamiyatining ikkinchi texnologik liniyasini modernizatsiya qilish hisobiga klinker ishlab chiqarish quvvatini 400 ming tonnaga kopaytirish kabi yirik loyihalar amalga oshiriladi.Mamlakatimizda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida 20182019-yillarda 26,2 trillion somlik 712 ta, shu jumladan, 2018-yilda 927,4 million dollarlik 549 turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarish loyihalari amalga oshiriladi. 2018-yil 1-sentabr holatiga 549 ta loyiha boyicha 4 trillion 232 milliard somlik mablag ozlashtirildi.Xususan, Qoraqalpogiston Respublikasida Titan sement masuliyati cheklangan jamiyatida 200 ming tonna sement ishlab chiqarish uchun 37,5 million dollar, Surxondaryo viloyatida Surxon sement invest xorijiy korxonasida 360 ming tonna sement ishlab chiqarish loyihasi uchun 46,7 million dollar, Navoiy viloyatida Zarafshon oyna masuliyati cheklangan jamiyatida yiliga 10 million kvadrat metr qurilish oynasi va 250 million dona shisha idishlar ishlab chiqarish loyihasi uchun 97 million yevro, Xorazm viloyatida Newbest style masuliyati cheklangan jamiyatida 2,1 million oram gulqogoz va 1 million quti gulqogoz yelimi ishlab chiqarish loyihasi uchun 5,7 million dollar, Toshkent viloyati Angren erkin iqtisodiy zonasida Great Wall Ceramicqoshma korxonasida yiliga 3,5 million kvadrat metr keramik plitkalar va 200 ming dona sanitar keramikasi ishlab chiqarish loyihasi uchun 24,3 million dollar miqdorida investitsiyalar ozlashtirilmoqda.Bundan tashqari, Surxondaryo viloyatida Olmaliq kon metallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyati tomonidan 212,8 million dollarlik investitsiya mablaglari ozlashtirilishi hisobiga Sherobod sement zavodi qurilib, yiliga 1,5 million tonna sement va Toshkent shahrida Pergament kvoliti eksklyuziv masuliyati cheklangan jamiyatida 9,5 million dollar investitsiya hisobiga 2,5 million oram gulqogoz ishlab chiqarish yolga qoyildi.Shuningdek, Jizzax erkin iqtisodiy zonasida Mingyuan silu industry masuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qoshma korxonasida yiliga 24 million kvadrat metr oyna mahsulotlari ishlab chiqarish boyicha 110 million dollar ozlashtirilishi rejalashtirilgan bolib, shundan 56,1 million dollari togridan-togri xorijiy investitsiyalardir. 2017-yilda loyihaning birinchi bosqichida 29 million dollar xorijiy investitsiya ozlashtirilib, yiliga chetdan import qilinayotgan 4 million kvadrat metr bezakli oyna ishlab chiqarish yolga qoyildi va 210 ta yangi ish orni yaratildi.Bugungi kunda mamlakatimizda mavjud qamish va gozapoya asosida DSP ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirilmoqda. Jumladan, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida yiliga 30 ming kub metr DSP ishlab chiqarish loyihalari ishga tushirilgan bolsa, 20182019-yillarda Sirdaryo va Navoiy viloyatlarida yana 50 ming kub metrdan, Surxondaryo viloyatida 150 ming kub metr, Qoraqalpogiston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlarida jami 50 ming kub metr DSP toliq mahalliy xomashyodan ishlab chiqarish yolga qoyiladi.Ayni kunda, mahalliy xomashyodan energiya tejamkor va qurilishda ishlatishga ancha qulay devorbop gazobeton bloklari ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirilmoqda. Xususan, Buxoro, Jizzax, Samarqand, Xorazm va Toshkent viloyatlarida jami 1 million kub metrdan ortiq gazobeton bloklari ishlab chiqarish yolga qoyiladi. Gazobeton ozining yengilligi, tabiiy gazni 8 marta kam sarflashi, energiya tejamkorligi va eng asosiysi, unumdor tuproqning ishlatilmasligi bilan pishiq gishtdan bir necha marotaba afzalligi bilan ajralib turadi.Albatta, xorijiy, ayniqsa, togridan-togri investitsiyalarni jalb etishda axborotning oz vaqtida hamda manzilli yetkazilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Negaki, yurtimizdagi imkoniyatlar, davlat tomonidan xorijiy investorlar uchun yaratilgan yengillik va imtiyozlardan xorijiy investorlarni yetarlicha xabardor qilish investitsiyalarni kopaytirishga xizmat qiladi. Jamiyat tomonidan mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash boyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, raqobatdosh, eksportga yonaltirilgan qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini va turini oshirish, shuningdek, yangi turdagi sifatli qurilish materiallariga bolgan ichki talabni qondirish boyicha qanday ishlar olib borilmoqda? Yurtimizga Yaratganning nazari tushgan. Chunki bu zaminda hamma narsa bor. Issigi ham, sovugi ham foydali. Mamlakatimizning barcha hududlarida qurilish materiallari xomashyo zaxirasi mavjud. Bu boradagi tahlillarga kora, yurtimizda 924 ta qurilish materiallari xomashyo zaxirasi mavjud konlar aniqlangan. Bugungi kunda ularning 392 tasi, yoki 42,4 foizidan foydalanilayotganiga etibor beradigan bolsak, mahalliy va xorijiy investorlar uchun bu sohada katta imkoniyatlar mavjudligi tasdiqlanadi. 20162017-yillarda mamlakat boyicha 149 ta yangi kon aniqlangan, mavjud konlarning 189 tasidan foydalanishga litsenziya berilgan. Asosiy qurilish materiallaridan biri bolgan sementga toxtalib otadigan bolsam, bugungi kunda respublikada 14 ta sement ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan yiliga 9,1 million tonna mahsulot ishlab chiqarilmoqda. Joriy yilda yillik quvvati 3 million 120 ming tonna bolgan 8 ta, 2019-yil yakuniga qadar yillik quvvati 4 million 720 ming tonna bolgan 9 ta loyiha amalga oshiriladi. Tarmoqni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash uchun investitsiyalarni, ayniqsa, togridan-togri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, ushbu sohadagi yetakchi chet el kompaniyalari bilan yuqori sifatli zamonaviy qurilish materiallarini keng turda ishlab chiqarish boyicha qoshma korxonalar tashkil etish borasidagi ishlarga ham toxtalib otsangiz. Prezidentimizning Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Turkiya va Janubiy Koreya davlatlariga tashrifi doirasida 20172020-yillarda zamonaviy import ornini bosuvchi qurilish materiallarini ishlab chiqarish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida ilgor xorijiy kompaniyalar bilan umumiy qiymati 1459,8 million dollarlik 29 ta kelishuv imzolandi. Bunda tarmoqda 3935 ta yangi ish ornini yaratish kozda tutilmoqda. Shulardan 12 tasi 2018-yilda, 14 tasi 2019-yilda, 3 tasi 2020-yilda ishga tushiriladi.Bu borada barcha loyihalar boyicha tayyorlov ishlari boshlandi. Fargonadagi Kvars aksiyadorlik jamiyatida float-oyna ishlab chiqarish, Toshkent viloyatidagi Ran tong metall indastri korxonasida armatura ishlab chiqarish, Ohangaronsement aksiyadorlik jamiyatida sement ishlab chiqarish ana shunday yirik loyihalar sirasidandir. Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi natijasida import ornini bosuvchi eksportga yonaltirilgan zamonaviy qurilish materiallarini, shu jumladan, arxitekturaviy oyna (60 million kvadrat metr), sendvich panellar (750 ming kvadrat metr), gulqogoz (8 million kvadrat metr), granit va marmardan ishlangan buyumlar (580 ming kvadrat metr), sement (4,4 million tonna), santexkeramika buyumlari (400 ming dona) ishlab chiqaruvchi yangi quvvatlar ishga tushiriladi. Mamlakatimiz qurilish materiallari sanoatining istiqboli togrisidagi fikringiz qanday? Bugungi kunda tarmoqda jiddiy islohotlarni amalga oshirish talab etilmoqda. Birinchi navbatda sohaga togridan-togri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va bu borada mavjud imkoniyatlarni ishga solishimizni iqtisodiy jarayonlarning ozi talab etmoqda. Negaki, yangi, zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarishni yolga qoyish uchun yangi goyalar hamda yurtimizda mavjud bolmagan innovatsion texnologik uskunalar zarur bolmoqda.Erkin iqtisodiy munosabatlar asosida faoliyat yuritayotgan ichki va tashqi bozor, investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish va yangi turdagi mahsulotlarni ozlashtirishni talab etmoqda. Tarmoqda juda katta zaxira, salohiyat va imkoniyatlar mavjud. Ulardan professional tarzda, oqilona va samarali foydalanish sohaning kelgusidagi istiqbolini belgilab beradi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0