Shahar egasi: Hindistonda qum qanday qilib qimmatbaho va xavfli resursga aylandi?

2017-yilning noyabridan dekabriga qadar Hindistonning Sidxi munitsipalitetida korrupsiyada gumonlanib 50 ga yaqin politsiyachi ishdan boshatildi. Mahalliy nashrlarning malum qilishicha, ular qumni noqonuniy qazib olib, binolar va shaharlar qurilishiga sotadigan qum mafiyasidan ulush olgan. Mazkur biznes yil sayin kuchaymoqda, biroq u tufayli mamlakatda shiddat bilan daryolar qurib, atmosfera ifloslanmoqda, deb yozadi TJournal. Uttar-Pradesh shtatida qurilayotgan bino. Foto: Adam FergyusonMuammo yechimi hozircha yoq OAV malumotiga kora, taqiqlangan soha politsiya va siyosatchilar bilan shunchalik mustahkam boglanganki, ular jinoyatga koz yumib kelmoqda. Hatto bu jurnalistlar va faollarni kaltaklash yoki oldirishga aloqador bolsa ham.Resurs uchun kurashDeyarli 20 yil davomidagi noqonuniy qum ogrilashdan keyin Hindiston xalqiga vaziyat ravshan boldi qumyoki kol va daryolarning dastlabki shaklini saqlab qoladi yoki qurilish resursiga aylanadi. Boshqa yol yoq. Yil sayin mutaxassislar qum qazib olish atrof-muhitni vayron qilish va kelajakda hayvonlarning qirilib ketishiga olib kelayotganligini korsatib bermoqda.Tabiatga yetkazilayotgan zararni kopchilik anglab yetmoqda, biroq qum mafiyasiga ochiqchasiga qarshi chiqishga bazilargina tayyor. Bu Hindistonda kopincha zoravonlik bilan tugaydigan eng xavfli mashgulotlardan biridir.Noqonuniy qazib olishga qarshi kurashuvchi aktivist ayol Sumayra Abdulali bir necha marta kaltaklanib, oldirish bilan qorqitilgan. 2013-yilda Noida shahrida 52 yoshli Paleram Chauhan oz uyida otib tashlandi. Oshanda fermerning rafiqasi, qizi, ogli va jiyani ham uyda bolgan. U noqonuniy qum qazib olishga qarshi kurashish boyicha on yildan ortiq kampaniya olib bordi. Biroq oxirgi yillarda qum mafiyasi unga qarshi bolganlarga tajovuzkor munosabatda bola boshladi. Endi noqonuniy biznes bilan Chauhanning ogli kurashmoqda. Akash Chauhan oldirilgan otasi xonasida. Foto: Adam FergyusonFojiali qismat bazi boshqa faollarning ham boshiga yetdi. Qum qazib olishga qarshi bolgan 81 va 22 yoshli aktivistlar ham shular jumlasidan ular bolta bilan chopib tashlangan. 2015-yilda nomalum shaxslar qum mafiyasi ishi boyicha surishtiruv olib borayotgan jurnalistni tiriklay yoqib yuboradi. Shu yilning ozida uch nafar politsiyachini yuk mashinasi urib ketdi ular shaharlarni obod qilish mavzusiga qiziqqan.2016-yilda Hindistonning Savitri daryosi ustidan otgan koprik qulashi oqibatida 29 kishi halok boldi. Faollar fojiani qurilish asosini zaiflashtirgan qum qazib olish bilan bogladi. Biroq mahalliy mamuriyat surishtiruv otkazmadi.Rasman qum qazib olish bilan faqat litsenziya bilan shugullanish mumkin, biroq rasmiylar noqonuniy qazib olishni deyarli hech qanday nazorat qilmaydi.Qum mafiyasi qanday paydo boldi?Kerala Hindiston janubidagi plyajlari, palmalari bolgan kichikroq shtat. Mahalliy aholi hududni mamlakatning eng suvli hududi deb ataydi, bunda Manimala daryosi muhim rol oynaydi.Biroq 2017-yilda qachonlardir yirik daryo bolgan suv havzasi qisman qurib qoldi. Uning bazi joylari kir yuvish mumkin bolgan kolmakni eslatadi. Daryoga nima bolganligiga qiziqqan sayohlarga, mahalliy aholi qum mafiyasi deya aniqlik kiritadi. Hindistonda plyajlar, kollar va boshqa joylardan noqonuniy qum qazib olishga aloqasi bolgan barcha kishilar aynan shunday ataladi.Barchasi 2000-yillarda urbanizm talvasasidan boshlandi. Odamlar pul topish uchun shaharlarga kochib otib, barcha turar-joylarni egallay boshladi. Yangi uylarni tez qurish uchun kop material talab etilar edi. Bu material qum boldi u gisht yasash uchun sement bilan qorishtiriladi. Biroq resursni xorijdan xarid qilish juda qimmat bolganligi uchunu butun mamlakat boylab qazib olina boshladi.Qachonlardir chuqur daryolar bolgan joylar xarobazorga aylandi. Bolalar u yerlarda kriket oynay boshladi.Dastlab sohilboyi turar-joylari aholisi qumdan oz uylari uchun foydalangan, bazan sotgan. Dastlab qazib olish hajmi uncha katta bolmagan bir guruh erkaklar yuk mashinasida chelaklar bilan kelib, suvga imkon boricha chuqurroq shongib, qum kovlagan. Biroq shaharlar osib borishi bilan odamlar unga koproq intila boshladi va qurilish materiallari global kolamlarda qazib olina boshladi.2013-yilda Hindiston rasmiylari besh yil davomida qurilish boyicha jamoatchilik va xususiy loyihalarga milliard dollar ajratishga vada berdi. Bu qumni noqonuniy qazib olishni kengaytirish uchun va qarama-qarshi tomonlar ortasidagi toqnashuvlarga oziga xos signal boldi.Qum mafiyasi mahalliy aholi yoki jurnalistlar uchun hodisaga kolam berish maqsadidaqollanilayotgan dongdor laqab emas. Bu nom ostida uyushgan guruh: biznesmenlar, turli ishchilar, yetkazib beruvchilar, qazilmani nazorat qilish uchun qoriqlov xizmati, shuningdek, korrupsiyaga aloqador politsiyachi va siyosatchilar kozda tutiladi. Har yili mamlakat qurilishlariga 800 million tonnagacha qum talab etiladi, 2013-yildan song qum yetkazib berishning 70 foizini mafiya nazorat qiladi.Nazoratga umidYigirma yilga yaqin vaqt mobaynida qum qazib olish daryolarning qurib qolishi, kop sonli mojarolar, zoravonlik va qotilliklarga olib keldi. Shu bilan bir paytda bu soha minglab kishilarni ish bilan taminladi va Hindiston shaharlarining hozirgi korinishga kelishiga yordam berdi. Biroq qum zaxiralari cheksiz emas va rasmiylar buni anglab yetmoqda. Ular 2015-yilda noqonuniy qazib olish bilan kurashish boyicha yirik kampaniyani boshlashga vada bergan edi.Oshandan buyon kop narsa ozgarmadi. 2017-yilning bahorida The Times of India nashri har yili noqonuniy qazib olish bozori 2,3 millliard dollar daromad keltirishini malum qildi. Ushbu soha umumiy 120 milliard dollarga baholandi.Shu yilning aprelida Nyu-Dehli shahri yaqinidagi Darbarper qishlogida qum qazib olish boyicha yashirin guruh bazasi portlab ketishi oqibatida sakkiz kishi halok boldi, on kishi yaralandi. Mahalliy aholining malum qilishicha, qurbonlar boshqa jinoiy toda bilan kurashish uchun bomba tayyorlagan va tasodifan portlash yuzaga kelgan. Rasmiylar bu mish-mishlarni rad etdi.The Indian Express nashri suhbatdoshi mafiyani qudratli siyosiy shaxslar nazorat qilgani uchun politiya unga qarshi kurashmayotganini malum qildi.Mafiya yetakchilari mamlakat rahbariyati bilan dostona munosabatda ekan, qanday qilib bunday vaziyatlar toxtashi mumkin? deydi hind fuqarosi. Hind ishchilari qum qazib olmoqda. Foto: ReutersHar kuni mamlakat boylab har birida olti nafardan on nafargacha odam bolgan yuzlab qayiq suvga tushadi. Ularning barchasi ikki qolida chelak tutib navbat bilan suv tubiga shongiydi, bolajak qurilish materialini toplab, ortga qaytadi.43 yoshli Pralxad Mxatre 19 yildan buyon qum qazish bilan shugullanadi va kuniga 200 martagacha suvga shongiydi. Buning uchun u 16 dollar oladi bu katta pul emas, biroq u ogli va uch qizini boqishning boshqa yolini bilmaydi.Mhatre uning farzandlari ulgayganda pul topishning boshqa yolini topishiga umid qiladi. Endi ish boshlaganimda, 6 metr chuqurlikka tushardik, endi esa 12 metrga, maksimal chegara 15 metr. Bu chuqurlikdan pastroqqa tushishga togri kelsa, biz ishimizni yoqotamiz, deydi Mxatre. dle 11.2
0