Putin Leninning maqbaradagi tanasini avliyolarning qoldiqlariga tenglashtirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin yangi hujjatli filmda mamlakatning kommunistik o‘tmishi va Lenin haqida fikr bildirib o‘tdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda. Foto: “TASS”“Aslida kommunistik ideologiya xristianlikka o‘xshaydi. Erkinlik, birodarlik, tenglik, adolat. Barchasi muqaddas kitoblarda bor”, — dedi u.Bunga misol tariqasida Putin kommunistlar yetakchisi Leninning maqbarasini keltirdi:“Leninni maqbaraga joylashtirishdi — bu pravoslavlarda, umuman xristianlardagi avliyolarning tanasini saqlashdan nimasi bilan farq qiladi? Ba’zilar xristianlikda bunday an’ana yo‘q deydi. Qanaqasiga yo‘q bo‘lsin? Afonga boring, u yerda avliyolarning qoldiqlari saqlanadi, bu yerda ham avliyolar Sergiy va Germanning qoldiqlari bor”.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0
Добавить комментарий

Оставить комментарий