Raketa zarbasi haqidagi xabar tufayli Gavayida sarosima yuzaga keldi

AQShning Gavayi shtatida e’lon qilingan raketa zarbasi xavfi haqidagi xabarga “inson omili” sabab bo‘ldi. Bu haqda shtat gubernatori Devid Eyj ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”. Foto: ReutersMahalliy televideniye orqali chiqish chog‘ida Eyj favqulodda vaziyatlar markazi xodimlari kuniga uch marotaba tizim ishlashini ko‘zdan kechirishini bildirdi. Bu gal ulardan biri yanglishib, tugmani bosib yubordi va Gavayi fuqarolari telefonlariga “Favqulodda vaziyat. Ballistik raketa zarbi xavfi. Zudlik bilan yaqin oradan boshpana izlang. Bu mashq ogohlantirishi emas” degan xabar bordi.Mazkur xabar mahalliy televideniye va radio orqali ham berildi.Yarim soat davomida shtatda sarosima hukm surdi. Shundan keyingina shtat rasmiylari va harbiy qo‘mondonlik vakillari hech qanday raketa zarbasi xavfi yo‘qligini ma’lum qildi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0
Добавить комментарий

Оставить комментарий