Yoshlar ittifoqi delegatsiyasi Germaniya telekanallari assotsiatsiyasiga tashrif buyurdi

Ayni vaqtda Germaniyada bo‘lib turgan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi delegatsiyasi ARD — Germaniya telekanallari assotsiatsiyasiga tashrif buyurdi. Bu haqda ittifoq raisi Qahramon Quronboyevning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi. Foto: Facebook / Qahramon QuronboyevDelegatsiya a’zolariga Germaniya federal yoshlar kengashi prezidenti Liza Maya hamrohlik qildi.Delegatsiya ARD — Germaniya telekanallari assotsiatsiyasining tarixi, bugungi faoliyati, tashkiliy tuzilmasi, moliyalashtirish manbalari, axborotlarni tayyorlash va uzatish texnologiyalari bilan yaqindan tanishdi.Xabarda assotsiatsiya xodimi Robin Lotenbaxda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari xususidagi ma’lumot katta qiziqish uyg‘otgani qayd etiladi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0
Добавить комментарий

Оставить комментарий