Arda Turan Barselona bilan 2,5 yilga xayrlashdi va Istanbul Boshoqshehir klubiga borib qoshildi

Turkiyalik futbolchi Arda Turan turk klubi uchun 2,5 yilga ijaraga berildi. Bu malumotni Barselona matbuot xizmati tasdiqladi. Foto: EurosportTuran shu mavsum songiga qadar Istanbul Boshoqshehir safida top suradi va yana 2 ta toliq mavsumni shu klubda otkazadi. Ijara shartnomasi oz ichiga qanday bandlarni olgani malum emas.Turan 2015-yil yozida kataloniyaliklar bilan shartnoma imzolab, Atletiko safidan Barselonaga yetib kelgandi. Biroq debyutini u salkam yarim yil kutishiga togri keldi. FIFA Barselonaga yangi futbolchilarni royxatdan otkazishni taqiqlab qoygani uchun, Turan faqatgina 2016-yil yanvaridagina katta futbolga qaytdi.Otgan davr mobaynida Turan kataloniyaliklar bilan 6 ta musobaqada golib chiqishga ulgurdi. Biroq ayni paytda uning xizmatlari Ernesto Valverde jamoasi uchun u qadar shart emas.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0