Osiyo Chempionati U23. Musobaqaga eng yosh tarkib bilan kelgan Yaponiya birinchi bo‘lib chorak finalga chiqdi

23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatida chorak finalga yo‘llanma olgan birinchi terma nomi ma’lum — Yaponiya. Foto: OFKTokio—2020 Olimpiadasiga tayyorgarlik sifatida Osiyo Chempionatiga kelgan yaponiyaliklar, qolgan termalar bilan solishtirganda eng kichigi ekani bilan ajralib turgandi. Ular avvaliga Falastin, keyin esa Tailand ustidan minimal hisoblarda zafar quchib, navbatdagi bosqich masalasini hal qildi. So‘nggi turda yaponiyalik futbolchilar guruh peshqadami bo‘lish uchun prinsipial raqib — KXDRga qarshi saf tortadi.Osiyo Chempionati U23 “B” guruhi. 2-tur 13-yanvar, shanbaFalastin — KXDR 1:1Gollar: Oday Dabba, 16 (1:0). Muhammad Bossim, 74-avt (1:1).Tailand — Yaponiya 0:1Gol: Ko Itakura, 90 (0:1). Foto: OFK Osiyo Chempionatiga qadar Ravshan Haydarov boshchilik qilgan O‘zbekiston termasi Yaponiyaning mazkur tarkibini finalda yengib, Tailanddagi turnirda g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi. O‘z oldiga O‘zbekiston termasi kabi chempionlik vazifasini qo‘ygan Saudiya Arabistoni esa ketma-ket ikki o‘yinda durang qayd etdi. Guruhdagi ikki asosiy raqib bilan ochkolar bo‘lishib olinganiga saudiyaliklarga umid berishi mumkin. Ular navbatdagi turdagi g‘alaba evaziga chorak finalga yo‘l olishi mumkin.Osiyo Chempionati U23 “C” guruhi. 2-tur 13-yanvar, shanbaMalayziya — Iordaniya 1:1Gollar: Vard Al-Barri, 16 (0:1). Rashid Safaviy, 43-pen (1:1).Saudiya Arabistoni — Iroq 0:0 Foto: OFK

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0
Добавить комментарий

Оставить комментарий