GM haydovchisiz avtomobilining dastlabki surati taqdim etdi. Uning ruli va pedallari yo‘q

General Motors konserni ruli va pedallari bo‘lmagan haydovchisiz avtomobilning birinchi suratini namoyish etdi. Kompaniya bu kabi avtomobillardan umumiy foydalanishdagi yo‘llarda foydalanish haqidagi so‘rovni AQSh yo‘l harakati xavfsizligi milliy ma’muriyatiga yuborgan. Mashina raydshering xizmatlarida 2019-yildan boshlab foydalaniladi. Bu haqda “Motor” xabar berdi. Foto: “Motor”Chevrolet Bolt elektrokari asosida yaratilgan Cruise AV haydovchisiz avtomobili beshta uzoq masofali lazer. 16 ta kamera va 21 ta radar bilan jihozlangan. GM tomonidan ishlab chiqilgan algoritmlar datchiklardan kelayotgan ma’lumotlarga asoslanib, har qanday obyektni klassifikatsiya qilishi va kuzatishi, shuningdek, uning harakatini oldindan aniqlashi mumkin.Mashinaning sun’iy intellektdan foydalanuvchi hisoblash platformasi ob-havo sharoiti, yorug‘lik sharoiti va ko‘rish hududida to‘siqlar borligini hisobga olgan holda qarorlar qabul qilishi mumkin.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0
Добавить комментарий

Оставить комментарий