2050-yilga kelib, islom dini AQShda dindorlar soni boyicha ikkinchi oringa chiqadi

Pew Research tadqiqot kompaniyasi prognoziga kora, 2050-yilga kelib, AQShda musulmonlar dindorlar soni boyicha nasroniylardan keyingi ikkinchi orinni egallaydi, deb yozadi Kommersant. Foto: DepositphotosAyni paytda AQShda keng tarqalganlik boyicha ikkinchi orinda yahudiylik dini joylashgan, musulmonlar soni esa 3,5 millionga yaqin bolib, bu butun AQSh aholisining taxminan 1 foizi demakdir. 2007-yilda ozini musulmon deb atagan AQSh fuqarolari soni 2,4 million bolgan. Osish shunday suratda davom etsa, 2050-yilga kelib, ular yahudiylardan ham kopayib ketadi.AQShdagi musulmonlar soni 8,1 million kishi yoki umumiy aholining 2,1 foiziga teng bolishi prognoz qilinmoqda. Yahudiy aholi ulushi esa barqaror bolib, hozirda qariyb 1,9 foizga teng. AQShda nasroniy aholi soni 2050-yilda 261 million kishiga yetishi kutilmoqda.AQShda musulmon aholi sonining osish surati yuqori ekanligini Pew Research ekspertlari islom dini vakillari orasida tugilish darajasi va AQShga musulmonlar immigratsiyasi darajasi yuqori ekanligi bilan izohlamoqda. Hozirdanoq islomga etiqod qiluvchi AQSh fuqarolarining 75 foizi muhojirlar yoki muhojirlar oilasi azolari hisoblanadi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0