Amirulla Abdullayev Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga direktor etib tayinlandi

Ozbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qoshidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari yonalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib oqitishga ixtisoslashtirilgan maktabga yangi direktor tayinlandi. Bu haqda maktabning Facebookdagi sahifasida xabar berildi. Foto: Facebook / Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabOzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi buyrugiga binoan 2018-yilning 13-yanvaridan Amirulla Abdullayev Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga direktor etib tayinlandi.Amirulla Abdullayev Ixtisoslashtirilgan maktab direktori lavozimida ishlagan hamda ilm maskanining rivojlanishiga katta hissa qoshgan hamda shu kunga qadar boshqarib kelgan Faridon Usmanovning orniga direktor etib tayinlandi.Abdullayev bakalavr darajasini Guliston davlat universitetida hamda magistr darajasini Xirosima universiteti (Yaponiya)da olgan. Turli yillarda u oqituvchilarni xorijiy tillarga tayyorlash boyicha Ukraina, AQSh, Germaniya, Yaponiya, Italiya, Janubiy Koreya va Buyuk Britaniyada oquv kurslarida ishtirok etgan va shu bilan birga talim tizimini rivojlantirish boyicha oz malakasini ham oshirib borgan.2002-yildan boshlab u turli oliy oquv yurtlarida ingliz tili oqituvchisi sifatida faoliyat korsatib, rahbarlik lavozimlarini egallab kelgan. 2015-yilning sentabr oyidan boshlab Toshkent shahridagi Inha universiteti qoshidagi Uzluksiz talim markazi menejeri lavozimida ishlab kelayotgan edi.Qayd etish lozimki, 2017-yilda kirish imtihonlari natijalariga kora, A.Abdullayev rahbarligidagi Uzluksiz talim markazi tayyorlov kurslarining 94 foiz tinglovchilari Ozbekiston va xorijdagi oliy oquv yurtlarining talabalari bolishdi.Ixtisoslashtirilgan maktab Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-sentabrdagi qarori asosida tashkil etilgan.Ixtisoslashtirilgan maktab oquvchilari davlat umumiy orta talim standartlari asosida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng jalb qilgan holda matematika, fizika, informatika va chet tili fanlarini chuqur ozlashtirishadi. Maktabning nizomiga kora, talim ozbek tilida olib boriladi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0