Muftiy Usmonxon Alimov Rossiyaning Stavropol olkasida uchrashuvlar otkazdi

Xorij safarida bolib turgan Ozbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov Rossiyaning Stavropol olkasi muftiysi Muhammad hoji Rahimov va bir guruh ozbekistonlik mehnat muhojirlari bilan uchrashdi. Shuningdek, Pyatigorsk shahridagi masjid va madrasalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi, deya xabar beradi Muslim.uz. Foto: Muslim.uz Stavropol olkasi muftiysi bilan bolgan muloqotda Islom dini qadriyatlarini asrab-avaylash, musulmon davlatlari ortasida dostlik va hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlash haqida soz bordi. Usmonxon Alimov Ozbekistonda din sohasida amalga oshirilayotgan keng kolamli ishlar, katta yangiliklar va ulkan ozgarishlar togrisida gapirib berdi. Ozbekiston va Stavropol musulmonlari idoralari aloqalari yildan-yilga sayqallanib kelayotgani, oxirgi ikki yilda idoralar vakillari bir necha bor muloqot qilganini takidladi. Shuningdek, muftiy hazratlari Stavropol olkasidagi ozbekistonlik mehnat muhojirlari bilan uchrashib, mamlakatda din sohasida olib borilayotgan islohotlar, yangi masjid-madrasalar ochilgani, ilmiy markazlar, ixtisoslashgan maktablar tashkil etilgani, keng miqyosda Quron musobaqasi uyushtirilayotganini bildirdi. Vatanga sadoqat, oila muqaddasligi, ogohlik mavzularida amru-maruf qilib berdi.Muhojirlarning yashash va ishlash sharoitlari bilan qiziqib, savollariga javob qaytardi. Foto: Muslim.uz Kop yillardan buyon Stavropol olkasida yashaydigan, asli samarqandlik bolgan tabarruk yoshdagi onaxon bilan uchrashib, dildan suhbatlashdi. Pyatigorsk radiosiga intervyu berdi. Stavropol olkasiga safar davom etmoqda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0