Xorazmda ov qurollari va o‘q-dorilarni sotayotgan shaxs qo‘lga olindi

Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida yashovchi Maqsudbek Jabborov (ism-sharifi o‘zgartirilgan) bir necha kun davomida tanish-bilishlariga o‘zida 2 ov quroli va o‘q-dorilar borligi, shularni xaridori chiqib qolsa, sotmoqchi ekani to‘g‘risida gapirib yurdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. Foto: O‘zAAyrim do‘stlari unga mamlakatda qurol-yarog‘ sotish va sotib olish qonuniy tartibga solinganini, uni har qanday shaxsga sotish mumkin emasligi, buning uchun jinoiy javobgarlik belgilanganini  tushuntirishga harakat qildi. Ammo nafs qutqusi 25 yoshli yigitni qonunni buzishga undadi.U uyidagi ov qurollari va o‘q-dorilarni 650 ming so‘mga sotayotganida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 248-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0
Добавить комментарий

Оставить комментарий