Hukm ozgarishsiz qoldi: sud Islombek Tolaganov advokatlarining apellyatsiya shikoyatini rad etdi

Jinoyat ishlari boyicha Toshkent shahar sudida 12-yanvar kuni avvalroq Jasurbek Ibrohimovning vafoti haqidagi ish boyicha aybdor deb topilgan va olti yilga ozodlikdan mahrum qilingan Islombek Tolaganovning advokatlari tomonidan berilgan apellyatsiya shikoyati boyicha eshituv bolib otdi, deb yozadi Nuz.uz. Foto: Nuz.uzTolaganovning ikki advokati Ibrohimov olgan jarohatlari tufayli emas, balki vaqtida korsatilmagan tibbiy yordam sababli vafot etganini davo qildi. Ularning sozlariga kora, agar marhum kasalxonaga tushgan birinchi kuniyoq operatsiya qilinganida, tirik qolgan bolardi. Bundan tashqari, ular birinchi kunlari bemorga kuchli tasir qiluvchi ogriqsizlantiruvchi dorilar ukol qilinganiga etibor qaratdi.Islombekning otasi Abdujalil Rasulov oz oglini toliq oqladi va sudga osha mushtlashuvda Islombekning ozi ham jabrlanganini eslatdi, shuningdek, ogli jinoyatni amalga oshirish chogida voyaga yetmagan bolganligiga diqqat qaratdi.Bu davolarning barchasiga Jasurbek Ibrohimovning buvisi javob qildi. Sudga murojaat qilib, u tuman sudi faqat bir kishini aybdor deb topib, qolganlarni guvohlar sifatida soroq qilib, adolatsiz qaror chiqarganini aytdi. Uning sozlariga kora, hozir ularning oilasi qanday, Islombek Tolaganovning oilasi qanday talafot korganini taqqoslab otirish butunlay noorin.Shahar sudi apellyatsiya shikoyatini konstitutsiyaviy tartibda korib chiqib, hukmni ozgarishsiz qoldirish haqida qaror chiqardi. Yani Tolaganovning advokatlari taqdim etgan dalillar birinchi instansiya sudi tomonidan chiqarilgan hukmni ozgartirish uchun yetarli darajada jiddiy emas, deb topdi. Shu bilan birga, ishda bir qancha ziddiyatlar topildi, bu esa Jasurbek Ibrohimov yotgan bazi tibbiyot muassasalari shifokorlari xatti-harakatlariga nisbatan prokuror tekshiruvi belgilanishiga sababchi boldi.Eslatib otamiz,Mirobod tuman sudi 30-oktabr, dushanba kuni Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji oquvchisi Jasurbek Ibrohimovning olimi yuzasidan Islombek Tolaganovni olti yilda ozodlikdan mahrum etish boyicha hukm chiqargan edi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0