AQSh elchisi: Ozbekistonda qonun ustuvorligini taminlash masalasida muammolar talay

Ozbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida islohotlar boshlangan, biroq hali qilinadigan ishlar talay. Bu haqda AQShning Ozbekistondagi elchisi Pamela Spratlen Amerika ovozi teleradiosiga bergan intervyusida aytib otdi. Intervyu matni Ozbekiston Milliy axborot agentligi (OzA) tomonidan ham elon qilindi. Mavzuga doir:AQSh elchisi: Prezident Karimov orniga Mirziyoyev kelishini hech kim kutmagan edi Prezident Mirziyoyev Amerika siyosiy doiralari unga islohotchi deb qarashini istaydi. U kotarayotgan masalalar, nutqlarida ahamiyat qaratayotgan mavzular misli korilmagan chiqishlar.Uning... Konstitutsiya kunidagi nutqini tinglashga bordim. Qiynoqlarga qarshi gapirdi. Bu tarixiy ozgarish. Bu islohot. Qora royxatlarning bekor qilinishi, odamlarning undan chiqarilishi islohot.Mirziyoyev u qilayotgan ishlar togri baholanishini istaydi. U boshlayotgan islohotlar tan olinib, quvvatlanishini istaydi. U biladiki, Ozbekiston uzoq davr salbiy baholangan. Xalq hukumatdan uzoq edi, shuni ozgartirmoqchi. U islohotchi sifatida maydonga chiqmoqda.Prezident Mirziyoyev AQShning iqtisodiy jihatdan faol bolishini xohlaydi, ayniqsa, savdo bobida. Bizning gapimiz shuki, Ozbekistonda sharoit yaxshilangan sari sarmoyachilar ham kopayaveradi. Bizneslarimiz ozi boradiKop narsa Ozbekistonga bogliq. Valyuta borasida qilinadigan ishlar kop. Qonun ustuvorligini taminlash masalasida ham muammolar talay. Mamlakatdagi mehnat kuchi yuzasidan ham savollar kop. Sarmoyachilar talabiga javob bera oladigan mehnat kuchi bormi? Hajmi va uquvi qanday?Prezident togridan-togri sarmoya kelishini istaydi. Biz bilan yaqin iqtisodiy hamkor bolishni xohlaydi... Mirziyoyev xalqaro hamjamiyat bilan yaqin bolmoqchi, AQSh bilan ozaro manfaatlar yolida birga ishlab, hamkorlik qilmoqchi. Bizning ishimiz mana shu manfaatlarni aniqlab, bosh qotirish va samarali qadamlar tashlash.Pamela Spratlen, AQShning Ozbekistondagi elchisi Mavzuga doir:AQSh elchisi: Bitta terakt OzbekistonAQSh aloqalarini izdan chiqara olmaydi

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0