Yuvosh, kamsuqum yigitlar. 17 kishini oldirgan: GTA todasining batafsil tarixi

Moskva viloyat sudi 9-avgust kuni 2010-yillarning boshida Moskva shahri va viloyatida avtomobillarga hujum qilib, haydovchilarni oldirgan GTA todasi deb ataluvchi guruh azolariga nisbatan hukm chiqardi. GTA todasi joriy on yillikda Rossiyada yuz bergan eng shov-shuvli kriminal voqealardan biri boldi: tergov ishi federal telekanallar tomonidan kuzatib borildi; jinoyatchilarni izlab topishga xalq patrullari safarbar etildi. Oqibatda guruhnig bir necha azosigina qamoq jazosini oldi todaga aloqador yana tort kishi otgan yili sud binosida, tergov talqini boyicha, qochishga uringan vaqti otib tashlangan edi. GTA todasi azolari Moskva viloyat sudida hukmni eshitmoqda, 2018-yil, 9-avgust.Foto: MeduzaMeduza nashri maxsus muxbiri Daniil Turovskiy tergov ishi materiallari va tergovchilarning xotiralari bilan tanishib, toda azolarining qarindoshlari bilan suhbatda bolib, Pokistondagi terrorchilar lagerida tayyorgarlikdan otgan ikki kishi tomonidan boshqarilgan jinoiy guruh tarixini qayta tikladi.Birinchi bobOrmondagi mushtlashuv2013-yil 26-noyabr oqshomida ryazanlik uch ogayni Pavel, Yevgeniy va Roman maoshga sotib olingan 100 gramm spaysni yashirilgan joyidan olib qaytish uchun Moskvaga ketayotgan edi.Yol tort soat vaqt oldi. Yashirilgan dorini topib, ular yarim tunda Ryazan tomon qayta yolga chiqishdi. Dozani keragicha urib olishgan edi; malum vaqt otib, Yevgeniyning mazasi qochdi Kolomnaga yetar-yetmas, yoshlar dam olib, toza havodan nafas olish uchun, mashinani toxtatishdi.Bu kimsasiz bir joy edi: bom-bosh yol, atrofda dala va ormon. Dostlar mashina chirogini yoqib, dam olib otirishardi. Oradan 20 daqiqacha vaqt otib, Roman yolning narigi tomonida toxtab turgan avtomobilni korib qoldi undan kapyushonli qora kiyim kiygan odamlar tushib kela boshladi va shu zahoti oq ovozi eshitildi: nomalum shaxslar topponchadan oq uza boshladi. Roman orindiq ortiga ozini tashladi; Yevgeniy: Qochdik! deb baqirdi.Romanning hammayogi shisha bolaklari bolib ketgan edi oq uzishlar oqibatida mashina oynalari chil-chil bolgandi. Boshi qonar, qoli boshashib ketardi. Yevgeniy bu yerdan tezroq ketish kerakligini tushunib turgandi, biroq rulda otirgan Pavel hushsiz edi. Bir daqiqa otib, otishma birdan toxtadi Roman tashqariga qarasa, hujum qilganlar oz qurbonlarining ahvoliga ham qiziqmay, mashinalariga otirib, ketishyapti.Roman dostini haydovchi orindigidan chetga surib, ozi rulga otirdi. Kop otmay, Ryazan chekkasidagi Dyagilevo degan joyga yetib keldi. Dostlari hamon hushsiz edi. Yigit qarindoshlariga qongiroq qilib, mashina qayerda turganini aytdi, song ozi shifoxonaga ketdi u yerda shifokorlar Romanning yelkasidan oq chiqarib olishdi.Pavel va Yevgeniyning esa unchalik omadi chopmadi: tez yordam mashinasi bir necha soatdan keyin yetib keldi; bu vaqtda Maktab avtobus bekatidagi qonga belangan erkaklar otirgan mashina otkinchilarning etiborini oziga qaratib bolgandi.Shifokorlar yetib kelgach, Pavel sal-pal oziga keldi. U nima bolayotganini yaxshi tushunmas, orqa orindiqda esa Yevgeniyning jasadi borligini aytardi. Bir necha soat otib Pavel ham kasalxonada vafot etdi.Oradan uch oy otdi. 2014-yil 25-fevralida bir vaqtlar Idealbankga rahbarlik qilgan bankir Vladimir Kirillyuk uyiga Istra yaqinidagi elit kottejlar posyolkasiga qaytdi. Xotini bilan qongiroqlashib, song kiyimini almashtirdi-da, okrug boylab iti bilan birga sayr qilgani velosipedda chiqib ketdi.Ormondan chiqarkan, u aganagan daraxt bilan yolni tosishga urinayotgan tort erkakni kordi keyin malum bolishicha, toda azolari mashgulot otkazayotgan bolgan, Kirillyuk esa ularga xalal berib qoygan.Rafiqasi uyga kelganida, bankir hali ham sayrdan qaytmagan edi. Oradan bir necha soat otib ham eriga qongiroq qilib tusha olmagach, posyolkaning nazorat-otkazish punktiga bordi. Qoriqchi bir muddat avval darvozadan it yugurib kirganini, yana, sal avvalroq shu yaqindan otgan mashina haydovchisi yarim kilometr narida uch kishi yerda yotgan bir erkakni dopposlayotganini korganini aytdi. Kirillyukning xotini qoriqchi bilan birga, qolga fonar olib, mushtlashuv bolgan joyni taxminan izlab borishdi va bankirning jonsiz tanasini topishdi. Unga 20 marta pichoq urilgandi; ikki marta boshiga oq uzishgan. Kirillyukning yonidan hech narsani ogirlanmagan.Oradan yana salkam uch oy otib, 2014-yil 3-iyunida politsiyachi Oleg Tolmachyov uyiga, Solnsevodagi kvartirasiga kelib, formani futbolka va shortlarga almashtirib, sayrga chiqib ketdi. Shunda uning xotini jazmaniga telefon qilib, birga mashinada shahar aylanishga kelishib oldi.Ular yarmi tunda qaytishdi. Ularning mashinasi uy oldida turgan vaqti Tolmachyov ham mashinasida qaytib keldi xotin eri podyezdga kirib ketishini kutib turdi. Tolmachyov avtomobilidan tushar-tushmas, unga nomalum uch kishi tashlandi uni yerga yotqizib, topponchadan bir necha bor otishdi. Xotin erining oldiga yugurib borishga tayyor edi, biroq jazmani uni ushlab qoldi bunday vaziyatlarda guvohlarni ham otib tashlashadi, dedi. Shunda xotin qoshni ayolga telefon qildi u ham politsiyada ishlardi. Qoshni esa xotinga ham, uning jazmaniga ham naryad va shifokorlar kelmaguncha mashinadan tushmaslikni tayinladi.Tolmachyovning murdasi avtoturargoh yonidagi maysazordan topildi jinoyatchilar uni chiqindilar bilan komib ketishgan edi. Qotillar politsiyachining ikki mobil telefoni, odekoloni va qora kozoynagini olib ketishgan.Spays chekkan yoshlar, bankir va politsiyachi bu qora libosli odamlarning birinchi ham, oxirgi ham qurbonlari emasdi. Shunga oxshash qotilliklar Moskva shahri chekkalarida yoki Podmoskovyeda tasodifiy odamlarni yollarda yo avtoturargohlarda otib ketish holatlari 2012-yildan beri uchrab turardi; odatda, yarim tun va tonggi soat tort oraligida. Jinoyatchilar aksariyat qurbonlarining yonidan hech narsa pul ham, mashinani ham, boshqa boyliklarni ham olishmasdi.Ikkinchi bobTodani qolga tushirgan inson2014-yil avgustida Tergov qomitasi Tergov bosh boshqarmasining alohida muhim topshiriqlar boyicha katta tergovchisi, 37 yoshli Aleksey Stadnikov oz mashinasida Uralda otgan mehnat tatilidan qaytayotgan edi. Yarim tunga yaqin biroz dam olish uchun M-5 trassasi chekkasida toxtadi. Bir necha kundan song ishga qaytib, yana tergov bilan shugullanishi kerak edi: Stadnikov bungacha, masalan, seriyali qotil Sergey Martinov va 2012-yili Dogistonda shayx Said-Afandi Chirkeyskiyning uyini portlatib yuborgan guruhning ishlari bilan shugullangan edi.Xuddi shu oqshom aynan shu trassa boylab 31 yoshli raqqos Albert Yusupov ham ketayotgan edi. Qay bir vaziyatda mashinasining bir gildiragi yorilib ketdi yonida domkrati bolmagani bois, u dostiga qongiroq qilib, kelib yordam berishini soradi. Vaqt otkazish uchun Yusupov eshiga ochiq mashinada mobil telefonini oynab otirardi. Unga qarata oq uzish boshlangan vaqtda Albert qochishga uringan uning jasadi yol ortasida qolgan edi. Hujum qilganlar uni omarish fikridan qaytdi uzoqda paydo bolgan fara nuri ularni chochitdi.Yollardagi boshqa qotilliklar tafsilotlarini umumlashtirib, Tergov qomitasi xodimlari ushbu barcha jinoyatlar ortida bir guruh turibdi, degan xulosaga keldi. 2014-yil sentabrida bir necha jinoiy ish bitta qilib birlashtirilib, Aleksey Stadnikov tergov rahbari etib tayinlandi. U Yusupov oldirilgan joyga kelganida xuddi osha oqshom xuddi shu yolda ozi ham tunab qolganini esladi.Bu vaqtga kelib yol boyidagi qotilliklar haqida OAVda kop marta yozilgandi. Federal telekanallarda olim trassasi haqida syujetlar berilgan (aslida qotilliklar Moskva viloyatining har xil hududlarida, boz ustiga kichik yollarda ham yuz bergan): bu lavhalarda banditlar yo ukrainalik diversantlar, yoki qandaydir sekta tarafdorlari deb taxmin qilinardi. Bahonada amazonkalar todasi ham yodga olindi 20032013-yillarda Rostov viloyatida politsiyachilar va haydovchilarni oldirish bilan shugullangan jinoiy guruh safida ayollar, xususan, 13 yoshli qizi bilan birga bir ona ham bor edi. Eng yodda qolarli taxminga kora, jinoyatchilar kompyuter oyini ishqibozlari bolib, ular Grand Theft Auto (GTA) oyinidagi qotilliklarni haqiqiy jinoyatlarga aylantirishgan. GTA todasi degan nom ham shundan kelib chiqqan.2014-yil sentabridan boshlab 150 ga yaqin stritreyserlar bloger Erik Davidich Kituashvilining ixlosmandlari va Smotra.ru avtohavaskor hamjamiyati azolari Podmoskovye yollari, ormonlari va dalalarida patrullik qila boshladi. Biz ormonlarda teplovizor yordamida qidiryapmiz, barcha AYoQShlarga kirib, hammani tekshiryapmiz, mashinalarda tintuv otkazyapmiz. Kimni qidirayotganimizni aytsak, odamlar togri tushunib, yordam korsatishyapti, degandi Davidich. Biz qurollanganmiz, shu bois topponcha bilan qurollangan uch ahmoqni qolga tushirish qiyin bolmaydi. Faollar qurollar va oq otkazmaydigan nimchalarda harakatlanishar, yol harakati qoidalarini buzishar, tez-tez odamlarni kuch bilan tintib, ularga qol kotarishardi, bazan esa ularga shubhali koringan haydovchilarning mashinalarini to politsiya kelgunicha yurishiga qoyishmasdi. Ular oz reydlari haqida: Biz bolmasa, unda kim? nomli film ham olishgan filmda aytilishicha, qidiruv ishlarida samolyotdan ham foydalanilgan. Stritreyserlar patruli azolari shubhali mashinalardan birining oldida uning haydovchisi va yolovchilari hujjatlar tekshiruviga faol qarshilik korsatgan, 2014-yil, 13-sentabr.Foto: Meduza2016-yili, Davidichga nisbatan firibgarlik moddasi boyicha ish ochilganida, u sudda GTA bandasini qolga tushirgan inson aynan u ekani, politsiyachilar esa ishga keyin qoshilganini aytgandi. Biz, 250 kishi, bir necha oy ormonlarda yashadik va bu odamlarni izladik, degandi bloger. Menda buni tasdiqlovchi minnatdorlik xati bor. Men qidirib kochaga chiqqanimdan song, ular hech kimni oldira olmadi.Osha 2014-yilning sentabrida tergov guruhida birinchi jiddiy ilmoq topildi (bu vaqtga kelib jinoiy ish materiallari 30 tomdan oshib ketgan edi). 3 sentabr oqshomida Borisov familiyali haydovchi uning ismi tergov materiallarida korsatilmagan Moskva halqa avtomobil yoli (MKAD)ning Yasenevodan otgan qismida yonilgi olish uchun toxtagan. U hisob-kitob qilib bolib, tashqariga chiqishi bilan, unga uch erkak hujum qilgan oyoqlariga oq uzib, uni toqmoq bilan urishgan, shundan song avtomobilidan nimanidir olib, voqea joyidan qochishgan.Shovqindan AYoQSh xodimi tashqariga chiqib, politsiya va tez yordamni chaqirgan. Bu vaqtda AYoQShga yana bir mashina kirib kelgan haydovchi voqea joyidagi erkaklardan nima bolganini sorab, yonilgi olib, chiqib ketgan, biroq bir necha daqiqadan song qaytib kelgan. U hujum qilgan uch erkakni shu yaqin-atrofda, MKAD yoqasida korganini va ularni quvib yetishni taklif qilgan. Borisov uning mashinasiga otilgan va ular tez orada todaning avtomobilini quva boshlagan. Ular Profsoyuzniy kochasi yaqinida jinoyatchilarni bir burchakka siqib qoyishga muvaffaq bolishgan, shunda Borisov ozining qarshisida unga qaratilgan, uni nishonga olayotgan topponchani korgan. Shu bilan poyga tugagan biroq haydovchi yetti soniyali video olishga muvaffaq bolgan, unda mashina raqami ham koringan. Borisov raqam bilan birga mashina rusumi haqidagi malumotni politsiyaga malum qilgan.Kop otmay tergovchilar osha oqshom hujum qilganlarning harakat yonalishini topdi, mashina egasi kimligi ham aniqlandi: u Ozbekistondan Rossiyaga kelgan Fazliddin Hasanov bolib chiqdi. Kuzatuvlar natijasida u boshqa ikki muhojir Hazratxon Dodoxonov va Ibaydullo Subhonov bilan bilan muntazam muloqot qilishi aniqlandi. Dodoxonovning barmoq izlari (u Federal migratsiya xizmati bazasida bolgan) toda hujum qilgan mashinalarning biridan topildi; Hasanovga tegishli genetik material esa jinoyat sodir etilgan joylarining birida aniqlandi.Uchala gumonlanuvchi ustidan kuzatuv ornatildi. Subhonov osha vaqtda Udelniydagi Moskva biqinidagi kochalari rus yozuvchilari nomi bilan ataladigan, qimmatbaho ikki-uch qavatli hashamatli turar joylardan iborat osoyishta posyolkadagi xususiy uylarning birida qoriqchi bolib ishlardi. Xonadon egalari Subhonovni juda muloyim, xizmatga tayyor va kamsuqum deb tariflagan. U tojikistonlik va ozbekistonlik tanishlari bilan kop muloqotda bolgan. Tezkor vakillarning aniqlashicha, ular katta trassalar boyiga chiqib, yaqin oradagi dalalarda daydishgan, shuningdek, ormonda oq otish va qol jangi boyicha mashgulotlar otkazishgan. Mashgulotlardan song Quron oqishgan. Keyinchalik malum bolishicha, Subhonov guruh azolariga islomni organmay turib, yaxshi hayot uchun kurashib bolmasligini, notogri yol bilan boyiganlarning boyligini tortib olish uchun esa oldirish zarurligini uqtirib kelgan.Tergovchi Aleksey Stadnikov ham toda odamlarni pul uchun oldirmasligini taxmin qilgan: jinoyatchilar oz qurbonlarining yonidan har doim pul olavermas, olganda ham bir necha ming rubldan ortiq olmasdi. Banditlar telefonlar va boshqa buyumlarni ham har doim olib ketavermasdi bir safar birovi oziga odekolon, boshqasi qora kozoynakni olib ketganini aytmasa. Yana bir gal jinoyatchilar ozlari hujum qilgan mashina yukxonasidan ayollar kiyimlarini topib olishgan guruh azolaridan biri xotiniga osha kiyimlar orasidan olingan shortni sovga qilgan, biroq xotinga bu yoqmagan.Tergov qomitasi sobiq matbuot kotibi Vladimir Markin ozining Qotilliklar, teraktlar, falokatlar nomli kitobida tergovchining sozlaridan keltirib yozishicha, Stadnikov ushbu jinoyatlarni oziga xos bir mashgulot, ayni vaqtda ushbu yosh jinoyatchilarni qonga orgatish, toliq boysundirishga qaratilgan jarayon, deb oylardi.Stadnikov GTA todasi ishini qabul qilib olganida, u shoshilmasak bolmaydi, deb oylagandi: u ozini xuddi banditlardan vaqtni qarzga olayotgandek his qilgan, sustkashlik yangi qurbonlarga olib keladi, deb hisoblagan. Tergovchining keyinchalik xotirlashicha, u ikki oy oilasi bilan umuman korishmagan, kuniga tort soatdan, odatda ish joyida uxlagan. Stadnikov va uning guruhi yuzlab daliliy ashyolarni tekshirardi: oqlar, gilzalar, tikanaklar, oqqa tutilgan avtomobillar; biologik materiallar ter, solak, qon kabilardan iborat paketchalar. Ular guruh azolarini butun Moskva va Podmoskovye boylab kuzatishardi; gumonlanuvchilar kochaga chiqib ketgan mahal ularning uylariga bildirmay kirib chiqishardi. Omborxonalarning birida ular oq otish mashgulotlari uchun kerakli manekenlarni korishgan. Boshqasida esa qolbola topponcha uchun ehtiyot qismlarini.Oradan ikki oy otib, gumonlanuvchilar doirasi 10 kishigacha qisqardi. 2014-yil 5-noyabr oqshomida maxsus bolinma jangchilari Udelniydagi Subhonov istiqomat qiladigan imoratni qurshab oldi. Tezkor vakillardan biri daraxt ortiga yashirinib, ovoz kuchaytirgich orqali gumonlanuvchini uydan chiqishga chaqirdi. Subhonov guruhning ikki azosiga qongiroq qilishga ulgurdi (ular tergov guruhi kuzatuvida yoq edi har ikkisi Tataristonga qochishga uringan, biroq ularni telefon qongirogi malumotlari asosida aniqlab, qolga tushirishgan), lekin tashqariga chiqishdan bosh tortdi buning orniga maxsus bolinma jangchilariga qarata granata uloqtirdi. Ozi esa unga javoban ochilgan oq yomgiri oqibatida oldirildi.Jinoiy guruhning qolgan toqqiz azosi keyingi kunlar davomida Moskva viloyatining turli joylarida qolga olindi. Ular 17 kishini oldirishda ayblandi.Uchinchi bobTukli ari deb yozilgan qutiShturm bilan egallangan imorat Aleksey Staroverovning Rossiya Bosh prokuraturasi ishlar boshqarmasi boshligining hovlisida joylashgan edi; Staroverov bundan bir yil avval ozi ishlaydigan idoraning eng serdaromad xodimiga aylangandi: u rafiqasi bilan birga bir yilda 50 million rubl ishlab topgan (Staroverovning xotini biznes bilan shugullanardi, jumladan, u Natalya Sepovyaz Kushchev uyushgan jinoiy guruhining Qotil laqabli yetakchisi Vyachaslev Sepovyazning xotini bilan birga bir kompaniyaga egalik qilardi). Staroverov oz uyiga har doim qoriqchilar va migalka bilan kelgan, Subhonov bolsa uning uyida uch yil yashagan tergovchilarning aytishicha, qonxor qotillarning izini qoriqlanadigan devor ortidan, amalda masuliyatli adliya xodimining uyidan izlash kerakligi hech kimning xayoliga kelmas edi. Moskva viloyatining Udelniy posyolkasidagi Ibaydullo Subhonov oldirilgan hovli, 2014-yil, 7-noyabr.Foto: MeduzaGuruh ishtirokchilari qolga olinganidan kop otmay Staroverovga nisbatan noqonuniy qurol saqlash moddasi boyicha jinoiy ish qozgatildi, biroq ertasiga uning hamkasbi, bosh prokuror orinbosari ish ochish haqidagi qarorni bekor qildi. Amaldorni guvoh sifatida soroq qilishdi 2014-yil dekabrida esa u davlat xizmatidan boshab, biznesmenga aylandi. Tergov Staroverovga nisbatan davosi yoqligini malum qildi.Guruhning shahar tashqarisida yashaydigan azosi birgina Subhonov emasdi. Fazliddin Hasanov u guruh qurolbardori edi Krasnogorsk ostonasidagi Pozdnyakovo shaharchasida, Rossiya Sogliqni saqlash vazirligida ishlaydigan amaldorga tegishli bog-hovlidagi imoratda yashardi. Hasanov yashab, ham qoriqchilik, ham oddiy ishchi vazifasini bajargan xonadon egalari uni islom diniga etiqod qiluvchi tarbiyali erkak sifatida xotirlaydi.Tergovchilar Hasanov yashagan imoratdan bor-yogi tok-qaychi, tokarlik stanogi, payvandlash qurilmasi va ikkita matrasni topgani yoq. Inshoot amerikalik havaskor terrorchi Unabomberning bomba tayyorlash uchun zarur masalliqlarni saqlaydigan hujrasini yodga solardi. Imoratdan topponchalar uchun onlab detallar, portlovchi qurilma tayyorlash boyicha yoriqnoma, saqichning qadogiga oralgan porox, 500 ga yaqin patron, optik moljallagichlar, stvollarni tozalash uchun simchotka, ustiga Tukli ari (Shmel) deb yozilgan, ichi portlovchi uskunaning kimyoviy unsurlari bilan tola quti, bogichlar, qolbola detonatorlar bor edi. Shuningdek, xonadan 34 sahifalik katak daftar ham topilgan bolib, u qotillik usullari, urush va yashirin tashkilot faoliyatini yuritish haqidagi yoriqnomalarga tola edi; daftar ozbek tilida toldirilgan. Bunday daftarlar guruhning boshqa azolaridan ham topilgan.Hasanov pnevmatik topponchalarni oqotar qurolga aylantirar va guruh azolari 2014-yil yozidan boshlab mashinalar ostiga uloqtirgan tikanaklarni tayyorlardi (shu bois ham aksariyat qotilliklar mashinalarning shinalari yorilib ketishidan boshlangan). Kolomna ostonasidagi Otdix bog-shirkatida uning alohida laboratoriyasi ham bolgan: u yerdan onlab kolbalar, trubkalar, portlovchi uskunaning sintezi uchun zarur sochiluvchan va suyuq moddalar, shuningdek, Rossiyada ekstremistik deb tan olingan va kopincha Hizb ut-Tahrir faollarining yonidan topiladigan Musulmonning qorgoni kitobi chiqqan.Kolomnadagi osha uchastkada, laboratoriya bilan birga, sapyorlar tomonidan patronlar, qurol uchun zagotovkalar, avtomobil raqamlari va oldirilganlarning pasportlari yashirib qoyilgan maxfiy tuynuk ham topilgan. Yuvosh, kamsuqum yigitlar edi, deb tergovchilarga malumot bergandi yer egalari. Kunduzi bizga har doim yordam berishardi. Oqshomda esa qayergadir yoqolib qolishar yoki ozlarining hujralarida nimadir qilib otirishardi. Biz bozorda sotish uchun nimadir yasashayotgan bolsa kerak, deb oylagandik....Guruh azolarining yashash joylarida otkazilgan tintuvlar vaqtida faqat qurol yo kitob topilgan emas. Guruhning bazi qatnashchilari ishlagan avtoustaxonadan mato va skotch bilan oralgan yogoch manekenlar aniqlandi bu qogirchoqlardan oq otish boyicha mashgulotlarda foydalanilgan. Yana birining uyining hojatxonasidan taksichining jasadi topildi bu kirakash 2012-yili, uning mashinasidan yugur-yugurlarda foydalanish uchun otib tashlangan edi. Subhonov ushbu jinoyatni haydovchi Quronga rioya etmagani bilan ham asoslagan. Bu GTA bandasining ilk qotilligi edi.Tortinchi bobPokistonlik RavshanToda azolari kunduzi qurilishlarda va avtoustaxonalarda mehnat qilgan. Kechasi esa qora kiyimlarini kiyib, odam oldirish uchun kochaga chiqqan.Asli oshlik Ibaydullo Subhonov ushbu guruhga ukasi Xoliq bilan birga asos solgan. Xoliq soroqlarning birida akasi bilan bir muddat Pokistonda bolgani, radikal diniy aqidaparastlarning mashgulot lagerida oq otish, partizanchasiga urush olib borish, minalashtirish va yashirin targibot olib borishni organgani haqida aytgandi. 2010-yili bizga Ravshan boshchilik qilgan, u bizga jihodni orgatardi, deb eslab, gapirgandi Xoliq Subhonov. Biz jamoat, Islom jihodi ittifoqidagi jangovar guruh tarkibida edik, biz Alloh askarlari, oddiy ishtirokchilar edik. Olsak, shahid bolardik. Ibaydullo va Xoliq Subhonovlar. Tergov ishi materiallaridan olingan surat.Foto: MeduzaIslom jihodi ittifoqi jangovar diniy tashkilot bolib, asosan Orta Osiyo respublikalaridan kelgan jangarilardan iborat, u oz oldiga Ozbekiston va Tojikiston hududida islom davlatini qurish maqsadini qoygan. Ittifoqning mashgulot lagerlari Pokistonda joylashgan. Uning Tolibon va Al-Qoidaning Orta Osiyodagi vakili deb tan olingan Ozbekiston islomiy harakati (OIH) terrorchilik tashkiloti bilan aloqalari bor. OIH jangarilari 1990-yillarning oxirida Qirgizistonning janubiy hududlariga bostirib kirgan, keyinroq Bishkek va Oshda teraktlar uyushtirgan, 2015-yili esa IShID tarkibiga qoshilishini elon qilgan.Aka-uka Subhonovlar Pokistondan yashirincha Eronga otgan 2011-yil bahorida esa Rossiyada korishib, Moskva viloyatidagi egasi qarab turishni soragan uyga joylashishgan. Muhammad (Xoliq ozini shunday ism bilan tanishtirgan) muloyimroq, xushmuomala edi va men koproq u bilan muloqotda bolardim. Lekin u akasi Mahmud (Ibaydullo)ning kuchli tasiri ostida edi, deydi uy egasi tergovchilarga bergan korsatmasida. Mahmud juda dindor, xarakteri ham ukasinikidan kora kuchliroq edi. Agar aytilgan ishlarning hech biri qilinmagan bolsa-yu, baqirib sokib bersang, Muhammad yugurib kelib, meni ovuntirishga urinar, hammasini togrilashga vada berardi. Mahmudning jahli chiqayotgani, oldirib qoygudek bolayotgani ochiqchasiga sezilib turardi.2012-yili Ravshan aka-ukalarning Pokiston lageridagi yetakchisi, ular keyinchalik ham Skype orqali qongiroqlashib turishgan Subhonovlarga harbiy ehtiyojlar uchun pul jonatish lozimligi haqida korsatma berdi. Shundan song ular Moskvada jangovar guruh tuzishga kirishgan.Guruh Rossiyaga pul ishlash uchun kelgan mehnat muhojirlaridan tashkil topgandi ularning asosiy qismi Tojikistonning Sogd viloyatidan edi. Rossiyada mehnat muhojirlarini yoldan urib, ularni radikallashtirib, song turli ekstremistik tashkilotlarga ogdirish holatlari kop uchraydi. Masalan, 2014-yili Moskvadagi qurilishlarda ishlaydigan erkaklarning yashash joylariga kechalari chechenlar kelib, IShID safiga qoshilib, yaxshi pul topishga, bunday qullarga oxshab yashashni toxtatishga davat etgan. Tojikiston madhiyasi muallifi Gulnazar Keldi mamlakat parlamentidagi nutqlarining birida tojik yoshlarining ekstremistlar safiga qoshilib ketayotganiga sabablardan biri qashshoqlik ekanini aytgandi: Kop vaqti yashash, oqish va oila qurish uchun pul topish bilan band yoshlarimiz oson daromad haqidagi vadalarni uchib, aldanib qolmoqda.2013-yil kuziga kelib, Subhonovlar guruhining 1012 kishilik asos-ozagi shakllandi. Ulardan biri 2003-yildan beri Rossiyadagi qurilishlarda ishlaydigan Abdumuqim Mamajonovning xotirlashicha, Ibaydullo Subhonov u bilan tez-tez boshqa yonalishdagi din haqida gaplashib turgan, tanishganlaridan bir yil otib esa jihod uchun Pokistonga borishni taklif qilgan. Guruhning boshqa azosi Anvar Ulugmurodovning aytishicha, guruh Ozbekistonda harbiy tontarish amalga oshirmoqchi ham bolgan (hokimiyat xalqni qashshoqlik darajasigacha tushirgani uchun), mashgulotlar vaqtida esa nishon sifatida Ozbekiston Prezidenti Islom Karimov suratlaridan ham foydalanilgan. Hazratxon Dodoxonov esa qotilliklar vaqtida qolga kiritilgan pulning bir qismini Subhonov musulmonlarga yordam berish maqsadida Pokistonga yuborib turgani haqida aytgandi. Toda azolaridan biri Abdumuqim Mamajonov hibsga olinganidan kop otmay Moskvaning Koptyev tuman sudida, 2014-yil, 7-noyabr.Foto: MeduzaTodaning yana bir azosi Umar Hasanov 2013-yili Novosibirskda uylarni tamirlashni toxtatib, kafe ochish niyatida Moskvaga kochib kelgan. Kafe masalasida yurtdoshi Ibaydullo Hasanov unga yordam vada qilgan va, oz navbatida, undan mashina oldi-sotdisi bilan shugullanuvchi tanishi bilan tanishtirib qoyishni soragan. Subhonov mashina sotuvchiga 5,5 ming dollar berib, mashinani ololmaganidan song, u Umar meni aldadi degan fikrga kelgan. Ertasi kuni Hasanovni ogirlab, Moskva viloyatining Radumlya posyolkasidagi notanish uyga olib kelishgan, dopposlashgan, hujjatlarini olib qoyib, endi avtoservisda ishlab, pulni qaytarishi shartligini aytishgan. Hasanovning aytishicha, u qarzini tolash uchungina todaning jinoyatlarida qatnashgan. Umar Hasanov va Zafar Gulomov sud hukmini eshitmoqda, 2018-yil 9-avgust.Foto: MeduzaSubhonov guruh azolariga uy-joy masalasida yordam bergan bazilari osha Radumlyadagi kvartiralarda yashagan, osha yerning ozidagi avtoservisda ishlagan; osha avtoservisda mashgulotlar otkazib, shu yerning ozida Quron oqishgan. Ularning barchasi bazida Xoliq Subhonovning uyida korishib turgan u bog hovlida ishlardi. Hovlining egasi keyinchalik eslashicha, ular ozlarini xuddi Avtomobildan saqlaning filmi qahramonidek tutishardi: birda u qarindoshi, boshqasida bu qarindoshi mehmonga kelardi. Toda azolaridan biri Anvar Ulugmurodov sud hukmini tinglamoqda, 2018-yil, 9-avgust.Foto: MeduzaGTA todasi azolari qolga olinganida, Rossiya prezidenti Vladimir Putin buning uchun Rossiya ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsevga alohida minnatdorchilik bildirgan va bu jinoyatlar aslida terrorchilik yonalishida ekanini qoshimcha qilgandi. Rasmiy OAVlar ham xuddi shunday deb yozgan xususan, Rossiyskaya gazetaning qayd etishicha, bu banditlar mutlaqo notanish kishilarni goyaviy nuqtai nazardan, gayridinlar deb hisoblab yoq qilish bilan shugullangan.Shunga qaramay, keyinchalik na politsiya va na tergovchilar GTA todasini terrorchi yo diniy aqidaparastlar deb atadi. Toda ishi boyicha sudda ham bu mavzu kotarilgani yoq.Beshinchi bobGul va MukammalJinoyatchilar qolga olinganidan song, ular qotilliklarni qanday amalga oshirganliklarini batafsil gapirib berishdi. Ularning hujumkor tarkibi tez-tez ozgarib turgan har birining oz vazifasi bolgan: masalan, Zafar Gulomov ularni hech kim sezib qolmasligiga masul bolgan. Ozining aytishicha, todaga tasodifan qoshilib qolgan: ishidan ayrilib, amakivachchasining taklifiga kora avtoservisga ishga kirgan, keyinroq bu yerga Ibaydullo Subhanov kelib, bir joyga borib kelish kerakligini aytgan. Oshanda jinoyatchilar M4 trassasida ikki kishini oldirgan; Gulomov, aytishicha, u faqat yolga qarab turgan va oldirilganlarning narsalarini tashigan.GTA todasi azolarining tergov va sudda aytgan sozlariga kora, ular har bir operatsiya uchun sim-kartasi yangi telefonlarni olishgan Subhanov bunday sim-kartalarni Savelovskiy bozorida olgan, u yerda pasportsiz ham sotaverishadi. Toda asosan davlat raqam belgisi yo Latviya, yo Belarusniki bolgan mashinalarda harakatlangan. Ishga chiqarkan, ular ozaro maxfiy sozlardan iborat xabarlar orqali muloqot qilgan. Har birining laqabi bolgan, aksariyat hollarda arabcha. Fazliddin Hasanovni Akmal (Mukammal) deb, Anvar Ulugmurodovni Qirgiz, Umar Hasanovni Obid Muslim (Sajda qiluvchi qul), Abdumuqim Mamajonovni esa Qorovul deb chaqirishgan. Ibaydullo Subhonovning laqabi Gul edi: arab mifologiyasiga kora, bu yol yoqalarida otkinchilarni ovlab, oldiradigan bir jindir.2013-yil noyabrida Mamajonov, Dodoxonov, Subhonov qarindoshlaridan Tojikistondan kelgan sovgalar quruq mevalarni olish uchun Radumlyadan Dedovsk tomon yolga chiqadi. Tunda ortga qaytadi; qaytishda gildiragi teshik mashinani korishgan Ribinskoye suv omboriga tonggi baliq oviga ketayotgan Eduard Mikirtumov domkrat bilan timirskilanib yurgandi. Uncha uzoq bolmagan bir joyda toxtab, erkaklar bir pastlikka tushishgan, tibbiy niqob va qolqoplarni kiyib, qolga topponchani olib, gildiragi buzuq mashina tomon yol olishgan. Mikirtumovni oldirib, uning jasadini yoldan nariga olib borishgan, avtomobildan esa 20 ming rubl, noutbuk va telefonni olib, uy-uyga tarqalishgan. Mikirtumovning murdasi uning baliqchi oshnalari tomonidan bir necha soatdan song topilgan.Oradan bir necha hafta otib, Subhonov boshliq tort kishi VDNX oldida uchrashib, Los temiryol platformasi tarafga yol olgan. Ular avvaliga garajlarning ustiga chiqib, videokuzatuv bor-yoqligini tekshirgan. Shundan song ishchilarning chaylalari tomon yol olishgan Subhonov ulardan biriga kirib, darhol oq uzishni boshlagan. Boshqalar davom ettirgan; tort ishchi halok bolgan, butun xona muzlatgich, stol, devorlar qonga belangan. Bosqinchilar ozlari bilan ichida eski sport shimlari va futbolkalar bolgan sumkani olib ketishgan.2014-yil 2-may kuni er-xotin Lebedevlar dala-hovliga, u yerdan muzlatgich-xaltani olib kelish borishadi ular bu sumkani Krasnodar olkasida otkazmoqchi bolayotgan tatillariga olib ketishmoqchi edi. Lebedevlar Moskvani Rossiya janubi bilan boglovchi M4 trassasiga chiqishadi. Bu vaqtda esa Subhonov, Gulomov va todaning yana ikki azosi yol boyidagi ormonda bir martalik qolqop va niqoblarni kiyib, qolga topponchani olib, shaylanib turardi. Ularning qolida kelayotgan mashina ostiga tashlash uchun tikanaklar ham bor edi. Ular ikki kun avval ham shunday qilishgan edi, biroq osha oqshom hech kim tikanaklar ustidan yurmagandi.Oradan yarim soatcha vaqt otib, jinoyatchilar baland qarsillagan ovozni eshitishdi. Pistirmadan chiqib, ular yol yoqasida toxtab turgan avtomobil tomon yugurib borishdi mashina yonida teshilgan gildirakka 64 yoshli Anatoliy Lebedev qarab turardi. Ular Lebedevni boshiga bir necha bor oq uzib oldirishdi, song yolovchi orindigida otirgan xotinini otib tashlashdi. Subhonov sheriklari bilan mashina yukxonasidan sumkani oldi (u yerda yana 5 ming rubl, konfetlar va kiyimlar ham bolgan), ayolning qulogidan ziraklarini yechib olishdi. Ertasi kuni politsiyachilar yuz bergan voqea haqida Lebedevning farzandlariga malum qilishadi.Bazi jabrlanuvchilar todaning changalidan qochib qutilishga muvaffaq bolgan. 2014-yil iyulida Irina xuddi osha M4 trassasi boylab Moskvadan ketayotganida, gildiragi boshab ketganini sezadi. Toxtagan vaqti u tomon pichoq va topponchalar bilan qurollangan bir necha erkak yugurib kelayotganini koradi. Irina gazni bosib qochadi, politsiyaga qongiroq qilib, voqea yuz bergan joy GPS-koordinatalarini beradi biroq politsiyachilar kelgan vaqti u yerda endi hech kim yoq edi.2014-yil yozining oxiriga borib qolga tushishi arafasida GTA todasi azolari allaqachon Kalashnikov avtomatlari bilan qurollangan va odatiy qora kiyim orniga kamuflyaj (ola-bula, jangovar libos) kiyishga otgandi. Ular ozlarining laboratoriyalarida portlovchi qurilma ham tayyorlashgan edi.Oltinchi bobYoqotadigan hech narsa yoqGTA todasi ustidan sud bir yarim yil davom etdi. Prokuror Svetlana Artyomyevna davlat ayblovchisi sifatida qatnashdi bungacha u BORN ishi (Rus millatchilarining jangovar tashkilotining ishi, seriyali qotilliklarda ayblangan; guruhning tort azosi umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan) bilan shugullangan edi.2017-yil 1-avgust kuni Moskva viloyat sudida navbatdagi sud majlisi bolib otdi. Unda todaning barcha azolari umrbod ozodlikdan mahrum etilishi mumkinligi malum qilindi. Soat 14:00 ga yaqin sudya ish qatnashchilariga javob berdi; sudlanuvchilarni hibsxonalarga yetkazish uchun birinchi qavatga tushirish boshlandi.Besh ayblanuvchi Xoliq Subhonov, Mirzomavlon Mirzosharipov, Abdumuqim Mamajonov, Fazliddin Hasanov va Hazratxon Dodoxonovga faqat ikki konvoir, bir erkak va bir ayol hamrohlik qilib ketardi (yoriqnoma boyicha, har bir jinoyatchini ikkitadan qoriqchi kuzatib borishi kerak). Liftda toda azolari tojik tilida nimanidir muhokama qila boshlagan. Yoqotadigan hech narsamiz yoq, hammasini otib tashlaymiz, degan ulardan biri. Allohu akbar!.Guruh azolari sakrashni boshlagach, Moskva viloyat sudi binosidagi lift ikkinchi va uchinchi qavatlar oraligida buzilib, toxtab qolgan. Ular konvoirlarni urib, ularning qurollarini olib qoyishgan. Sud xodimi osha vaqtda uchinchi qavatdagi majlislar zalida boshqa sudlanuvchilarni qoriqlab turgan Rosgvardiyaning olti xodimi oldiga yuguradi. Gvardiyachilar ikki guruhga bolinishadi: biri uchinchi qavatda, boshqasi esa ikkinchi qavatda pistirmada turadi.Banditlar uchinchi qavatga yorib chiqishga qaror qilishadi. Biz, mudofaani qanday tashkil etish kerakligini orgatganlaridek, chiroqni oldindan ochirib qoydik. Jinoyatchilar hech narsaga qaramay, tikka bosib keldi, deb eslaydi Rosgvardiya xodimi. Lift eshiklari ochildi, birinchi oq ovozlari eshitildi, ilk oq uzishlardan keyinroq sherigim yaralandi, ikkinchi sherigim esa xona ichkarisidan ot ochdi.Otishma videolarining birida jinoyatchilar sud majlisi zallaridan biriga yugurib kirayotgani, song ketma-ket qulayotganini korish mumkin. Ulardan biri ornidan turishga harakat qiladi. Xonadagi politsiyachi ozini himoya qilish uchun qoliga stul oladi. Bularning barini sud zalidagi qafasda turgan sudlanuvchi kuzatadi.Otishma oqibatida besh jinoyatchidan torttasi halok bolgan.Ertasi kuni Moskovskiy komsomolets nashrining maxsus xizmatlardagi manbasi toda ishtirokchilarini yoq qilish maqsadida ularni qochishga undashgan bolishligi mumkin, degan taxminni ortaga tashladi. 2018-yil avgustida Meduzaga intervyu bergan toda azolarining qarindoshlarining fikricha, halok bolganlar qochishga urinmagan. Ularning aytishicha, ularni sudda ortiqcha gap gapirib qoymasliklari uchungina oldirib yuborishgan.Voqealarning boshqa ishtirokchilari va mutaxassislar bu kabi taxminlarni rad etadi. Rosgvardiya rahbari Viktor Zolotovning sozlariga kora, osha vaziyatda qurbonli yakundan qochib qutilib bolmasdi. Umar Hasanovning advokati esa sahnalashtirish versiyaini girt uydirma deb hisoblaydi. Agar shavkatli organ xodimlarining xayoliga shunday fikr kelganida, ular bu ishni tergov izolyatoridayoq qilgan bolardi. Bunaqa ishlarni osha yerdan boshqa joyda zor bajarish imkonsiz, deya tushuntiradi yurist. U yerda nazoratdagi zeklardan sorasang bas. Oddiy kamerada kim oldirganini deyarli hech qachon topishmaydi. Shunday ekan, ularni yoq qilish qarori mavjud bolgani ehtimoli past.Mish-mishlar juda kop, lekin oylab qaralsa, sud qarorisiz qasos olish uchun bunday nozik uslubdan kora ancha soddaroq yolni ham tanlash mumkin edi, deya xulosa qiladi Rosgvardiya rahbari orinbosari Sergey Melikov.Todaning otishmadan omon qolgan yagona vakili Hazratxon Dodoxonov oqotar quroldan orttirgan bosh jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan. Ancha keyin uni baribir sudga olib kelishdi, u biror soz aytgani yoq biror nimaga munosabat ham bildirmadi. Psixiatriya ekspertizalaridan birida u narkozdan song oziga kelgach, ortida mahluq turganini, ichiga esa u bilan gaplashayotgan jin kirib olganini aytib otgan edi. Otishmadan song omon qolgan toda azosi Hazratxon Dodoxonov sud hukmini eshitmoqda, 2018-yil, 9-avgust.Foto: MeduzaDodoxonovning ota-onasi sozlariga kora, qolga olinganidan keyin tort yil davomida ular biror marta farzandi bilan gaplasha olmagan. Oylashimcha, bularning bari biz, ota-onasi yonida bolmaganimiz uchun sodir boldi, deydi uning otasi.Avgust oyi boshida sud todaning tort azosiga nisbatan umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi; yolga qarab turgan Gulomov esa 20 yil oldi. Todaga aloqador yana uch kishi esa xalqaro qidiruvga berildi.Todaning ikki azosi Rossiyadan chiqib ketishga muvaffaq bolgan, biroq suddan qochib qutila olmadi. Murodjon Karimov GTA todasiga aloqador bolmagan boshqa, ekstremizm ishi boyicha 19 yilga qamaldi. 38 yoshli Farruxjon Azamjonov esa 2015-yili Tojikistonda qolga olingan. Tojikiston IIV malumotlariga kora, u GTA todasi faoliyatida qatnashish bilan birga Tojikiston va Ozbekiston fuqarolarini IShID safiga ogdirish bilan ham shugullanib kelgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0